AQSh Shimoliy Koreya delfinlardan harbiy maqsadlarda foydalanishni boshlaganini aniqladi

AQSh Shimoliy Koreya delfinlardan harbiy maqsadlarda foydalanishni boshlaganini aniqladi

Shimoliy Koreya delfinlarni jangovar vaziyatlarda foydalanish uchun tayyorlamoqda. Bu haqda sputnik orqali olingan suratlarni o‘rgangan AQSh harbiy-dengiz institutining hisobotida qayd etiladi.

Hisobotda aytilishicha, Shimoliy Koreya ushbu dasturni kamida 2015 yilda ishga tushirgan hamda jonivorlarni Pxenyandagi delfinariyda yetishtiradi.

Portdagi harbiy kemalar yonida delfinlar uchun mo‘ljallangan, dengiz hayvonlarini saqlash joylari qurilgan.

Delfinlar va dengiz sherlari kabi jonivorlardan ilk bor AQSh harbiy-dengiz flotida minalar va dushman suzuvchi-agentlarini aniqlash kabi harbiy maqsadlarda foydalanilgan. Hozirda rossiyalik harbiylar ham Arktika va Qora dengizda ushbu amaliyotdan foydalanib kelmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!