AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi. Bu haqda AQSh Moliya vazirligi saytida ma’lum qilingan.
Yangi ro‘yxatga 20 dan ortiq jismoniy shaxslar va bir necha o‘nlab Rossiya korxonalari kiritilgan.
Ular orasida “Rosavtodor”, “AvtoVAZ”, “Moskvich”, “Transmashholding” va “Saturn” kabi kompaniyalar bor.
7 sentyabr kuni AQSh Moliya vazirligi Vashingtondagilar Trickbot xakerlar guruhi a’zosi deb hisoblaydigan 11 nafar rossiyalikka nisbatan sanksiyalar joriy qildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)