AQSh prezidenti Senatni Ukrainaga yordam paketi uchun ovoz berishga chaqirdi

AQSh prezidenti Senatni Ukrainaga yordam paketi uchun ovoz berishga chaqirdi

AQSh prezidenti Jo Bayden «qat’iy» Senatni Ukrainaga yordam paketi bo‘yicha ovoz berishga chaqirdi.

«Men Senatdan milliy xavfsizlik paketini ish stolimga yuborishni so‘rayman, shunda men darhol imzolayman», deb yozdi Bayden ijtimoiy tarmoqda.

«Bugun men [Ukraina prezidenti Vladimir] Zelenskiy bilan mening ma’muriyatim Ukrainaning jang maydonidagi ehtiyojlarini qondirish uchun yangi xavfsizlik yordamini tezda taqdim etishga tayyorligini aytdim», dedi prezident.

AQSh Kongressining Vakillar palatasi 20 aprel, shanba kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berish chog‘ida Ukrainaga yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi. 311 kishi Ukrainaga yordam berish uchun ovoz berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!