AQSh mudofaa vaziri yordamchisi O‘zbekistonda chegara xavfsizligi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi

AQSh mudofaa vaziri yordamchisi O‘zbekistonda chegara xavfsizligi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi

Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchisi Deniel Rozenblyum o‘zining Twitter`dagi sahifasida yozib qoldirdi.

Avvalroq, Politico amerika nashri AQSh Mudofaa vazirligi vakillari oktyabrda O‘zbekistondagi tashrif davomida AQShning terrorizmga qarshi kurashish kuchlarini joylashtirishni muhokama qilmoqchi ekanliginiyozgan edi.

O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov ushbu xabarga izoh bera turib, O‘zbekiston hududida AQShning terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha qurolli kuchlarini joylashtirish imkoniyati «muhokama qilinmayapti va bu masala kun tartibida ham turgani yo‘q», deya ta’kidlagan edi.

«Mudofaa vaziri yordamchisi Kristofer Mayer boshchiligidagi idoralararo delegasiyaning tashrifi chog‘ida O‘zbekiston hukumati bilan so‘nggi bir necha kun ichida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha samarali muzokaralarda ishtirok etish va chegara xavfsizligi masalalarini muhokama qilishdan juda xursandman», — deb yozadi Deniyel Rozenblyum.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!