AQSh hukumati Chevron kompaniyasining Venesueladan AQShga neft import qilishiga ruxsat berdi

AQSh hukumati Chevron kompaniyasining Venesueladan AQShga neft import qilishiga ruxsat berdi

Oktyabr oyi boshida The Wall Street Journal Vashington Venesuela rahbariyati bilan neft qazib olishni tiklash evaziga sanksiyalarni yumshatish masalasini muhokama qilayotganini xabar qilgan edi.

AQSh ma’muriyati Chevron kompaniyasining Venesueladan AQShga neft yetkazib berish uchun bergan ruxsati olti oy davomida amal qilishini ma’lum qildi. Shuningdek, Vashington uni bekor qilishi ham mumkin.

Vashington mamlakatda saylov tashkil etishga erishishi uchun Venesuelaga qarshi sanksiyalarni yumshatishga tayyor, deya ta’kidladi Qo‘shma Shtatlar ma’muriyati.

Vashington Karakas va Venesuela muxolifati o‘rtasidagi maslahatlashuvlar qayta tiklanishini olqishlashini qo‘shimcha qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!