AQSh Davlat kotibi va Turkiya tashqi ishlar vaziri G‘azoni muhokama qildi

AQSh Davlat kotibi va Turkiya tashqi ishlar vaziri G‘azoni muhokama qildi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan uchrashdi.

Binken "X" ijtimoiy tarmoqda ta’kidlaganidek, suhbat chog‘ida Isroil va XAMAS o‘rtasidagi mojaro, mojaroning mintaqaning boshqa joylariga tarqalmasligini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlar, qolgan mahbuslarni ozod qilish va insonparvarlik yordamini yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.

Davlat kotibi, shuningdek, Turkiyaning Shvesiyaning NATOga a’zoligini ma’qullashi muhimligini qayd etdi.

"Biz amerikalik hamkasblarimizga G‘azo sektoridagi vaziyat bo‘yicha o‘z pozisiyamizni aniq bildirmoqdamiz. Biz AQShga bu yerdagi vaziyat jiddiyligi, bundan buyon toqatlilik bo‘lmasligi va bu borada qanday qadamlar qo‘yilishi kerakligini juda aniq aytdik”, dedi Fidan suhbatdan keyin o‘z navbatida.

Fidanning aytishicha, Blinken bilan uchrashuvda Shvetsiyaning NATOga a’zoligi ham muhokama qilingan.

“Albatta, bu yerda bizning pozisiyamiz aniq: NATOda bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasida Prezidentimiz va Shvesiya Bosh vaziri uch tomonlama sammitda bo‘ldi. Biz ustida ishlayotgan masalalar bor” - dedi Blinken va qaror Turkiya parlamenti tomonidan qabul qilinishini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!