AQSh 30 yildan keyin Solomon orollarida elchixonasini qayta ochdi

AQSh 30 yildan keyin Solomon orollarida elchixonasini qayta ochdi

Qo‘shma Shtatlar 2022 yil aprel oyida Xitoy bilan xavfsizlik shartnomasini imzolagan Solomon orollarida 30 yildan so‘ng elchixonasini qayta ochdi.

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken o‘z bayonotida poytaxt Honiaradagi elchixona Tinch okeani bo‘yidagi qo‘shnilar bilan yaqinroq aloqalar o‘rnatish hamda AQSh dasturlari va resurslarini yerdagi ehtiyojlar uchun tayyor turish uchun ochilganini aytdi.

AQSh Davlat departamentining ismini oshkor qilishni istamagan vakili, uning mamlakati Solomon orollari va Xitoy o‘rtasida 2022 yil aprel oyida imzolangan xavfsizlik shartnomasidan xavotirda ekanini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!