Angliya Premyer-ligasining eng qimmatlashgan futbolchilari nomi e’lon qilindi. Odatda, yangi sotib olingan futbolchilar o‘zi bilan noma’lumlik olib keladi. Shu sababli, hech bir transferning omadli bo‘lishiga kafolat yo‘q. So‘nggi olingan ma’lumotlarga asoslanib, xarid qilingan futbolchilarning eng qimmatlashganlari ro‘yxatini tuzdik. Undan sobiq "MYu" va "Chelsi" futbolchilar joy olganiga guvoh bo‘lish mumkin.
Kuchli o‘nlikning o‘ninchi pog‘onasidan Antoni Elanga joy oldi. U "Nottingem Forest"ga ko‘chib o‘tganidan beri narxi oshdi. 21 yoshli hujumchi yozda "MYu"dan 15.2 million funtga xarid qilingan edi. U APLning 11 turida 1 ta gol va 3 ta assist qayd etdi. Shu sababli uning qiymatiga 3 foiz qo‘shildi va narxi 15.6 million funtga ko‘tarildi. Keyingi o‘rinda sobiq "Arsenal" yulduzi Aleks Ivobi keladi. Yozda u 22.3 million evaziga "Fulxem"ga ko‘chib o‘tgandi. Ayni damda Ivobining narxi 9 foizga oshib, 24.3 million funtni tashkil qilmoqda.
"Bornmut" vakili Jastin Klyuvert navbatdagi pog‘onadan joy oldi. U 25 foiz o‘sishga erishib, o‘z narxini 9.7 milliondan 12.1 millionga ko‘tarib olgan. "Byornli" yulduzi Maykl Obafemi ham bu borada yaxshigina o‘sish ko‘rsata oldi. 23 yoshli futbolchi 25 foizga qimmatlagan.
"Chelsi"ning yirik xaridlaridan biri bo‘lgan Kristofer Nkunku kutilmaganda narx borasida o‘sishga erishdi. Garchand bu mavsumda jarohatlari sababli maydonga tushmayotgan bo‘lsada, 33 foizga qimmatlashdi. U uchun "Chelsi" 52 million to‘lagandi. Hozir esa Fransiya terma jamoasi a’zosi 69.4 million funtga baholanmoqda. "Luton Taun" yarim himoyachisi Jeykob Braun keyingi futbolchi. U yozda "Stok Siti"dan 2.5 million funtga xarid qilingan. 25 yoshli futbolchi 38 foiz o‘sishga erishib, 3.4 millionga baholanmoqda.
Meddisonni keyingi pog‘onada ko‘rasiz. U "Lester"dan 40.1 million funtga xarid qilingan edi. Ayni damda Angliya terma jamoasi a’zosining narxi 60.7 million va bu 51 foizlik o‘sishni anglatadi.
Ro‘yxatdan "Tottenxem"ning yana bir yulduzi joy olgan. Deyan Kulusevski yozda 26 million funtga olib kelingan edi. Ammo hozirda shvesiyalik hujumchi 43.4 million funtga baholanmoqda. Ro‘yxatning ikkinchi o‘rnida "Byornli" yarim himoyachisi Luka Koleoshoni ko‘rishingiz mumkin. U 2.6 million funtga sotib olingandi. Ikki oy ichida Lukaning narxi 100 foizga o‘sib, 5.2 million funtga yetdi.
Birinchilik "Chelsi"ning sobiq futbolchisiga nasib etdi. Kallum Xadson-Odoi "Nottingem"ga atigi 3 million funtga sotilgandi. Ammo yarim himoyachi o‘ziga past baho berilganini isbotladi. 24 yoshli futbolchi 243 foizga qimmatlab, hozirda 10.4 million funtga narxlanyapti. Kallum "Chelsi"da uzoq yillar og‘ir davrlarni boshidan o‘tkazganini hisobga olsak, bu narsa u uchun katta mukofot bo‘ldi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
2024 йил ноябридан режалаштирилган ва 2025 йилда амалга оширилган «Қизил тўй» операцияси давомида Исроил ҳарбий ҳаво кучлари 12 дақиқа ичида Эроннинг 10 нафар юқори лавозимли ҳарбий раҳбарини йўқ қилишга эришди. Бу операция Эрон мудофаа тизимида жиддий нуқсон борлигини намойиш этди.
Ўзбекистон футболининг иқтидорли ёшлари халқаро майдонда ўзини кўрсатиш имкониятига эга бўлмоқда. “Пахтакор” клуби ҳужумчиси Саидумархон Саиднуруллаев ҳамда “Сурхон” сафида тўп сурувчи икки ёш футболчи — Беҳруз Каримов ва Беҳруз Шукуруллаев Англиянинг машҳур “Куинз Парк Рейнжерс” (КПР) клубида кўрикдан ўтиш учун Лондонга йўл олишди.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.
АҚШ президенти Дональд Трамп ўзи Эронга қарши уюштирган зарбаларни “том маънода ҳарбий муваффақият” деб атаб мақтаган бир пайтда, демократлар уни ваколатини ошириб юборганликда айблашди.