Angliyada 14 yoshli futbolchi vafot etdi

Angliyada 14 yoshli futbolchi vafot etdi

Buyuk Britaniyaning Bakingempshir grafligida 14 yoshli futbolchi bilan fojia sodir bo‘ldi, deb yozadi The Independent.

Qayd etilishicha, «Bedgrouv Dinamos» jamoasining 14 yoshli darvozaboni Luka Kampanyaro mahalliy chempionat o‘yinida raqibi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida jarohat oladi. Uni shifoxonaga yetkazishadi. Ammo miya chayqalishi sabab yosh futbolchi vafot etadi.

Marhum Lukaning oilasi esa farzandining organlarini muhtoj bemorlarga berishga qaror qildi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!