Andijonlik erkak Chechenistondan 22 ta qirg‘ovul va 5 ta Hindiston oq tovuslarini olib kelayotgani ma’lum bo‘ldi

Andijonlik erkak Chechenistondan 22 ta qirg‘ovul va 5 ta Hindiston oq tovuslarini olib kelayotgani ma’lum bo‘ldi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan O‘zbekiston – Qozog‘iston chegarasidagi «G‘ishtko‘prik» chegara postida qonun buzilishi holati aniqlandi.

Andijon viloyatida yashovchi fuqaro M. N. Checheniston Respublikasidan 22 dona 4 turdagi qirg‘ovullar va 5 dona Hindiston oq tovuslarini chegara bojxona postidan olib o‘tayotgan vaqtida to‘xtatildi. Tekshiruv davomida tegishli hujjatlari mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, veterinar xulosasida qushlar nomi va soni noto‘g‘ri ko‘rsatilgan.

Qushlar holatga aniqlik kiritilgunga qadar Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!