Andijondagi zapravkada navbatsiz kirishga uringan haydovchi bir necha IIB xodimlari tomonidan ushlandi

Andijondagi zapravkada navbatsiz kirishga uringan haydovchi bir necha IIB xodimlari tomonidan ushlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda IIB xodimlari Andijondagi zapravkada erkakning qo‘liga kishan taqmoqchi bo‘lgani aks etgan video tarqaldi.

Holat haqida Viloyat IIB matbuot xizmatiga tayanib Darakchi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, holat 25 yanvar kuni soat 17:30 larda Izboskan tumanidagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida yuz bergan. IIB xodimlari ushbu shoxobchada jamoat tartibini saqlab turgan vaqtida, fuqaro O.O benzin yonilg‘isini navbatsiz olish maqsadida kirib borib, navbatda turganlarning haqli e’tiroziga sabab bo‘lgan va fuqarolar o‘rtasida norozilik keltirib chiqargan.

IIB xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, u xizmat olib borayotgan xodimlarga qasddan bo‘ysunmasdan, faol qarshilik ko‘rsatib, jamoat tartibini buzgan.

Xodimlar “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunning 22-moddasiga asosan ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablariga qarshilik ko‘rsatilishini bartaraf etish uchun jismoniy kuch ishlatgan. Fuqaroga hech qanday tan jarohati yetkazilmagan.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu fuqaro O.O avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasiga muntazam ravishda navbatsiz kirmoqchi bo‘lib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan boshqa navbatda turganlarning ham haqli e’tiroziga sabab bo‘lib kelgan.

Mazkur holat bo‘yicha fuqaro O.O.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik), 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar qonuniy ko‘rib chiqishlik uchun sudga yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!