Andijonda "Mayning-ferma" davlatga 900 million zarar keltirdi

Andijonda "Mayning-ferma" davlatga 900 million zarar keltirdi

Andijon viloyati IIB tomonidan tegishli mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda Andijon shahrida yashovchi 29 yoshli Q.B. noqonuniy yo‘llar bilan boylik orttirish maqsadida “Mayning” fermasini tashkil qilganligi aniqlandi.

Ushbu "mayning-ferma" shahar elektr tarmoqlari bilan shartnoma tuzmasdan, 21 dona faol mayning qurilmalarini o‘rnatib, elektr tarmog‘idan noqonuniy foydalanishi natijasida 900 mln. so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Q.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 185-2-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi 4-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!