Andijonda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mutaxassisi 1,6 mlrd so‘m umra pullarini onlayn qimorga tikib yubordi

Andijonda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mutaxassisi 1,6 mlrd so‘m umra pullarini onlayn qimorga tikib yubordi

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida fuqarolarning umra ziyorati uchun deb to‘lagan 1 milliard 650 million so‘m pullarini onlayn qimor o‘yiniga tikib yuborgan mas’ulga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Daryo” ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Xo‘jaobod tumani mutaxassisi 2019 yildan boshlab umra ziyoratlari xarajatlari uchun amalga oshirilgan to‘lov pullarini Musulmonlar idorasi hisobraqamiga kirim qilmagan. U fuqarolarga to‘lov cheki safarga chiqayotganlarida berilishini aytgan.

“Qonuniy tartibda ishlash uchun fuqaro avvalambor ro‘yxatga olingandan keyin to‘lovni faqat bankda amalga oshirishi kerak”, — deydi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Andijon viloyati bo‘yicha mutaxassisi Jasurbek Mo‘minov. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xo‘jaobod tumanidagi holatda fuqarolar pullarni mas’ulning qo‘liga bergan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, holat bo‘yicha tergov yakunlangach, ish sudga oshirilgan. Biroq sud zalida ayblanuvchining pullarni berish va’dasiga ishonib, o‘z arizasini qaytarib olgan jabrlanuvchilar yana chuv tushgan. Ularga yetkazilgan moddiy zarar sud qarorida inobatga olinmagan.

Firibgarlikni sodir etgan shaxs ikki yil mansabdorlik va javobgarlik yuklatilgan vazifalarda ishlash vakolatidan mahrum bo‘lgan hamda 5 yilga qamalgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!