Andijonda 10 kishi bir yigitni do‘pposlagani aytilgan video tarqaldi

Andijonda 10 kishi bir yigitni do‘pposlagani aytilgan video tarqaldi

Andijon viloyati Paxtaobod tumanida yigitlar o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 16 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Paxtaobod tumanida 1 kishini 10 ga yaqin bola do‘pposlagani aks etgan video tarqaldi. Videoda 20 yoshli yigit 28 yoshli yigitni uni haqorat qilgani uchun do‘stlari bilan kelib urgani aytilgan. Videoxabarda aks etgan holatlar yuzasidan viloyat IIB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Aniqlanishicha, 7 mart kuni soat 12:10 larda Paxtaobod tumanidagi “Istirohat bog‘i” hududida shu tumanda yashovchi fuqarolar: 2002 yilda tug‘ilgan M.M va 1995 yilda tug‘ilgan X.N.lar jamoat joyida yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, o‘zaro bir-birini so‘kib, haqorat qilib, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan.

Oradan bir kun o‘tib, 8 mart kuni soat 17:30 larda fuqaro M.M X.N.ni “Z.Habibiy” MFY hududida ko‘rib qolib, bir kun avval nima sababdan haqorat qilganini so‘ragan vaqtida ular o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqqan. Mazkur janjalga guvoh bo‘lgan bir nechta fuqarolar kelib ularni ajratgan.

Mazkur holat yuzasidan Paxtaobod tumani IIB xodimlari tomonidan fuqarolar M.A va X.N.larga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi tartibida tergovga qadar tekshiruv hujjatlari rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtaobod tumani sudiga yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!