Andijon shahar prokurori deputatlarni ta’magirlikda aybladi...

Andijon shahar prokurori deputatlarni ta’magirlikda aybladi...

2020 yilning 3 avgustida Andijon shahar hokimligida “Xafta davomida bajarilishi zarur bo‘lgan masalalar” bo‘yicha yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda sektor, tashkilot rahbarlari hamda shahar Kengash deputatlari qatnashdi.

Mazkur yig‘ilishda, Andijon shahar prokurori Q.Asqarov tomonidan pandemiya paytida shahar Kengashining ayrim deputalari shaharda tashkil etilgan postlarda, oziq-ovqat do‘konlari hamda dorixonalarni o‘rganish davomida ta’magirlik qilayotgani borasida so‘z yuritilgan. Lekin aynan qaysi deputat, qachon, qanday usulda ta’magirlik qilayotganligi ochiqlanmagan.

Bugun “Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”sining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu masala atroflicha muhokama qilindi. Shu sababli bu holatni ko‘pchilik deputatlarning sha’ni va qadr-qimmatiga tajovuz deb baholandi.

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi qonuni 10-moddasiga asosan, “Har bir deputatga o‘z vakolatlarini moneliksiz hamda samarali amalga oshirishi uchun shart-sharoit kafolatlanadi, uning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati muhofaza qilinadi.

Deputatning sha’ni va qadr-qimmatiga, xaqorat qilish, shuningdek, unga nisbatan tuhmat tajovuz qilgan shaxslar qonunga muvofiq ma’muriy, jinoiy yoki o‘zga tarzda javobgar bo‘ladilar.

Bu holat Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlaring noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Biz prokuror janoblaridan munosabat kutib qolamiz...


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!