Ana xolos! Rossiyadagi shifoxonada bemorlarga hojatxonaga chiqish taqiqlangan

Ana xolos! Rossiyadagi shifoxonada bemorlarga hojatxonaga chiqish taqiqlangan

Rossiyada, Buryatiyaning Ulan-Ude shahrida joylashgan Respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasi bemorlari hojatxonadan foydalanish taqiqlanganidan shikoyat qilishdi.

"Siz palatadan tashqariga chiqolmaysiz, hojat qilish uchun xonaga chelaklar o‘rnatilgan. Eng yomoni, bu chelaklar ovqatlanadigan stol yonida turadi. Bu shunchaki shafqatsizlik, qamoqxonadan ham battar”, – deydi mahalliy aholi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi bu holatni izog‘ladi. Vazirlikka ko‘ra, 1940 yilda qurilgan kasalxonada kanalizasiya tozalash tizimi yo‘q. Sanitariya qoidalari bunday binolarda umumiy hojatxonalardan foydalanishga ruxsat bermaydi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!