Ana xolos! Maradonaning noto‘g‘ri davolanganligi ma’lum bo‘ldi

Ana xolos! Maradonaning noto‘g‘ri davolanganligi ma’lum bo‘ldi

1986 yilgi jahon chempioni Diyego Maradonaning sobiq shifokori Alfred Kaxe 25 noyabr kuni 60 yoshida yurak xurujidan vafot etgan sobiq futbolchining qanday davolanganligi haqida gapirdi.

3 noyabr kuni sobiq sportchiga miyaning subdural gematomasi tashxisi qo‘yilgan, ertasi kuni operaiya qilinib, 12 noyabr kuni kasalxonadan chiqarilgandi.

Kaxening fikriga ko‘ra, Maradona boshqa infratuzilmali shifoxonada davolanishi kerak bo‘lgan.

«Uning yonida har doim shifokor bo‘lishi kerak edi. U tushgan vaziyatda ikkita muhim jihat bor: birinchidan, operasiya mantiqiy yoki mantiqsiz bo‘lgan; ikkinchidan, yurak-qon tomir tekshiruvi tugallanmagan. Diyego to‘g‘ri muolaja qilinmagan», - deya ma’lum qilmoqda Kaxe.

Shuningdek, Maradonaning sobiq shifokori futbol afsonasi chuqur depressiya bilan kurashganligini qo‘shimcha qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!