Ana xolos! 3 yoshli mashhur model qizaloqning onasi uni rasmga tushishni xohlamagani uchun tepib yubordi (Video)

Ana xolos! 3 yoshli mashhur model qizaloqning onasi uni rasmga tushishni xohlamagani uchun tepib yubordi (Video)

Xitoyda uch yoshli model qizaloq Niu Niuning onasi uni rasmga tushishni xohlamaganida tepgani aks ettirilgan video ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab bahslarga sabab bo‘ldi.

Bu haqda Daily Mail xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, onaga nisbatan zo‘ravonlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lum qilinishicha, qizaloq bolalar kiyimlarini reklama qiladi. Eng e’tiborli tomoni u modellikni 6 oyligidan boshlagan bo‘lib, har bir reklama qilgan kiyim uchun 80-150 yuan oladi.

Aniqlanishicha, qizaloq o‘sha kuni juda charchagan va rasmni tushishni xohlamagan. Onasiga esa bu holat yoqmay qizini hammaning oldida tepgan.

Foydalanuvchilar onaning xatti-harakatidan g‘azablanishdi. Niu reklama qilgan ba’zi bir brendlar esa o‘z saytlaridan uning barcha rasmlarini olib tashlashdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!