Amudaryodagi YTHda 7 kishi vafot etdi

Amudaryodagi YTHda 7 kishi vafot etdi

Bugun, 16 sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Amudaryo tumanida sodir bo‘lgan YTHda 7 nafar yo‘lovchi vafot etdi.

Ma’lum qilinishacha, soat 08:35 larda Nexia rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan Lacetti rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida 7 nafar fuqaro vafot etgan va 3 nafar fuqaro shahar shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Vafot etgan fuqarolarning bir nafarining shaxsiga aniqlik kiritilgan. Qolgan 6 nafar fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilmokda. Voqea joyiga shahar Prokuratura, IIB, FVB, SSB hamda tezkor tergov guruhi xodimlari chiqishgan.

Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!