Amerikalik senator Baydenni saylovlarda qatnashishdan bosh tortishga chaqirdi

AQSh respublikachi senator Mitt Romni AQSh prezidenti, 80 yoshli demokrat Jo Baydenni 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida qatnashishdan bosh tortishga chaqirdi.
“Prezident Bayden prezidentlikka nomzodini qo‘yganida, u kelajak avlod uchun o‘tish davri ekanligini aytdi. Mayli, davom etish vaqti keldi”, dedi senator.
76 yoshli Romni yoshi tufayli Senatdagi yangi muddatga nomzodini qo‘ymasligini aytdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)