Alkogol mahsulotlari narxi yana oshishi mumkin

Alkogol mahsulotlari narxi yana oshishi mumkin

Moliya vazirligi “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi idoralararo qaror loyihasini tayyorladi.

Unda alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar qayta ko‘rib chiqilib, ular yangi miqdorlarda belgilash qayd etilgan.

Vino, 1 litr tayyor mahsulot uchun:

- ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi - 11 200 so‘m (ilgari 9400 so‘m);

- eng kam chakana narx - 13 200 so‘m (11 200 so‘m).

Konyak, 1 litr tayyor mahsulot uchun:

- ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi - 41 200 so‘m (33 000 so‘m);

- eng kam chakana narx - 49 400 so‘m (36 600 so‘m).

Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar, 1 litr tayyor mahsulot uchun:

- ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi - 28 600 so‘m (24 000 so‘m);

- eng kam chakana narx - 34 400 so‘m (28 500 so‘m).

"Mazkur qaror 2021 yil 15 martdan kuchga kiradi", - deyilgan hujjat loyihasida.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 1 oktyabridan boshlab alkogol mahsulotlarining yangi narxlari belgilangandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!