Aktyor Alisher Uzoqov bir necha yillardan beri hamkorlik qilib kelayotgan Zo‘r TV telekanalidan ketganini ma’lum qildi. U telekanal ma’muriyatiga hamkorlik davomida ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.
« Zo‘r TV telekanali men uchun eng yaxshi telekanal edi va bundan buyon ham shunday bo‘lib qoladi», — deydi Alisher Uzoqov.
Aktyor Instagram sahifasida qoldirgan videomurojaatida telekanaldan ketishiga nima sabab bo‘lganini oshkor qilmagan. U Zo‘r TV telekanalida The Cover Up, «Bekat» kabi ko‘rsatuvlarda boshlovchilik qilgan, shuningdek, «Sevgi iztirobi» serialidagi Amir obraziga ovoz bergan edi. Alisher Uzoqov telekanalda hozirgi paytda efirga uzatilayotgan «Elchining qizi» serialidagi Sanjar Efe obraziga ham ovoz berayotgan edi, biroq yaqindan boshlab ushbu qahramon boshqa aktyorning ovozi bilan «gapira boshladi».
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.