Ota yoki ona o‘z farzandiga be’etibor bo‘ldimi bilingki, u o‘zi va kelajak hayoti uchun shunday e’tiborsizlikni hozirlab qo‘yadi. Chunki hayotda “emagan somsaga pul to‘lanmaydi”. Farzand oila atalmish qo‘rg‘ondan mehr ichib ulg‘ayarkan, demak, ota-onaning ham qarilik davri shunday mehr va e’tibor qurshovida o‘tadi. Bu bilan qarsak ikki qo‘ldan chiqadi degan iborani unutmaylik. Lekin unutganlar ham bor afsus.
Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 2017 yil 27 sentyabr kungi sud buyrug‘iga asosan, qarzdor D.Nazarovdan undiruvchi N.Nazarova foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari ta’minoti uchun aliment pullari har oylik ish haqi va boshqa daromadining 1/3 qismi miqdorida undirish belgilangan bo‘lib, qarzdor tomonidan ikki oydan ortiq muddat davomida aliment pullari o‘z vaqtida to‘lanmaganligi sababli qarzdorlik vujudga kelgan.
Joriy yilning 27 may kuni Mirzo Ulug‘bek tuman Ma’muriy sudi tomonidan D.Nazarov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-4-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan edi.
Qarzdor D.Nazarov qo‘llanilgan ma’muriy jazodan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, yana ikki oydan ortiq muddat davomida 2019 yil avgust oyiga qadar sud buyrug‘i bilan belgilangan jami 10.213.410 so‘m mablag‘larni to‘lamaganligi sababli, 2019 yil 23 avgust kuni Jinoyat Kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv natijasiga ko‘ra jinoyat ishi joriy yilning 30 sentyabr kuni ayblov dalolatnomasi bilan sudga yuborildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Трансфер ҳуқуқлари Эроннинг "Истиқлол" клубига тегишли бўлган Рустам Ашурматов мамлакатдаги сиёсий таранглик сабаб фаолиятини яна юртимизда давом эттириши мумкин.
Франция суди жиҳодчи Сабри Эссидни Ироқдаги язидийларга қарши ИШИД томонидан амалга оширилган геноцидда иштирок этгани учун умрбод қамоқ жазосига ҳукм қилди.
2026 йил 16 март куни Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова Олмаота Менежмент Университети (AlmaU) делегациясини қабул қилди.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Наврўз умумхалқ байрами ва муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш арафасида халқимизга хос эзгулик, меҳр-оқибат, бағрикенглик, кечиримли бўлиш каби олижаноб фазилатларни намоён этган ҳолда ҳамда давлатимиз томонидан олиб борилаётган инсонпарварлик сиёсатининг амалий тасдиғи сифатида “Жазо муддатини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида”ги Фармонни имзолади.