Aliment to‘lashdan qochib yurgan ota quduqning ichidan topildi

Aliment to‘lashdan qochib yurgan ota quduqning ichidan topildi

MIBning Farg‘ona viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘’basi inspektorlari tomonidan olib borilgan tadbir davomida farzandining moddiy ta’minotidan bo‘yin tovlab yurgan qarzdor ota yashash xonadonidagi “quduq”dan topildi.

Oltiariq tumanida yashovchi fuqaro Saidjon turmush o‘rtog‘i bilan oilaviy kelishmovchiliklar sabab ajrashib ketgan va ikkinchi tomon farzandini moddiy ta’minlamay qo‘ygan. Shundan so‘ng, ona o‘z huquqidan foydalangan holda farzandi haqqini talab qilib sudga murojaat etgan.

“Sud qaroriga ko‘ra, undiruvchi Zamiraxon foydasiga ikki nafar farzandlari uchun har oyda aliment undirish tartibi belgilandi. Sud ijro hujjati Byuroning Oltiariq tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushdi va ijro harakatlariga kirishildi”, – deyiladi xabarda.

Ota aliment to‘lamagandan so‘ng qarzdorlik 10 mln. so‘mdan ortib ketgan va u ishlash maqsadida Toshkent shahriga borib, “berkinib” yurgan. Unga nisbatan davlat ijrochisi tomonidan qidiruv e’lon qilinganidan so‘ng, maxsus xodimlar tomonidan uni topish chorasi olib borilgan. Natijada, qarzdor Toshkentdan yashash xonadoniga kelgani ma’lum bo‘lgan va xodimlar uning yashash xonadonga borishganda, oila a’zolari uni kelmaganini bildirishgan. Xonadon yashash joylari puxta ko‘zdan kechirilganda, qarzdor Saidjon yangi kovlanayotgan “quduq” ichidan topilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!