Aliment to‘lamagan buxorolik erkak 10 sutkaga qamaldi

Aliment to‘lamagan buxorolik erkak 10 sutkaga qamaldi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Romitan tumanlararo sudining 28.03.2011 yilgi qaroriga asosan qarzdor I.S.dan undiruvchi M.S. foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Biroq qarzdor va undiruvchi bir xondanda yashab kelgan hamda undiruvchi qarzdorga o‘z majburiyatini bajarishini bir necha bor aytganiga qaramay aliment pullarini to‘lamagan. Natijada undiruvchi tomonidan MIB Buxoro shahar bo‘limiga aliment undirish to‘g‘risida murojaat qilgan.

Aniq.uz ning ishonchli manbasi xabariga ko‘ra, MIB Buxoro shahar bo‘limi tomonidan qarzdor I.S.ga bir necha bor ogoxlantirishlarga qaramasdan aliment pullarini to‘lamay kelgan natijada uning alimentdan bo‘lgan qarzdorligi 26 mln so‘mni tashkil qilgan. Lekin, qarzdor o‘ziga tegishli xulosa chiqarmay, alimentdan bo‘lgan jami 26 mln. so‘m qarzdorlikni to‘lamasdan kelganligi sababli, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 474-moddasiga asosan Buxoro shahar ma’muriy sudining 17.12.2018 yildagi qaroriga asosan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!