Aksiz markasiz tamaki mahsulotlarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Aksiz markasiz tamaki mahsulotlarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Dang‘ara tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qo‘qon shahridagi “B.T.” xususiy korxonasiga qarashli savdo do‘koni ishchisi M.A. xaridorga “MILANO” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu savdo do‘konidan jami 31 xil turdagi 6 797 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan Soliq inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.YU. (muqaddam sudlangan) xorijda ishlab chiqarilgan 1 980 quti “Esse Change”, “Oris Change”,“Parlament Slim Super” va “Parlament Aqua Blue” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini fuqaro M.A.ga 1 000 AQSh dollari va 27,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, “E.-N.” MCHJ rahbari E.N. savdo do‘konida xaridorga 10 dona “Esse Change” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini 250 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu do‘kondan 26 xil turdagi 1 207 quti tamaki mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!