"Agrobank"ning 3 nafar mansabdor shaxsi qamoqqa olindi

"Agrobank"ning 3 nafar mansabdor shaxsi qamoqqa olindi

“Agrobank” ATB Qashqadaryo viloyat boshqarmasi Qamashi filiali mansabdor shaxslari jinoiy til biriktirib, o‘ziga ishonib topshirilgan mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan IJQQ departamenti Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 167- va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Tergov davomida 3 nafar mansabdor shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergovning borishi alohida nazoratga olingan.

Tergov yakuni bo‘yicha batafsil axborot beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!