Afg‘onistonda Navro‘z bayramini nishonlashni taqiqlandi

Afg‘onistonda Navro‘z bayramini nishonlashni taqiqlandi

“Tolibon”ning ezgulikni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish bo‘limi Navro‘z bayramini Sevishganlar kuni bilan tenglashtirdi. Bu haqda Sputnik Afg‘oniston xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Daykundi viloyati Kiti tumanida axloq polisiyasi shunday e’lon chiqargan. Unda Navro‘z bayrami Sevishganlar kuniga tenglashtiriladi. “Tolibon” musulmonlarda faqat ikkita bayram: Ro‘za hayiti (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) borligini ta’kidlagan. Shu bilan birga, “Tolibon” xabarida Navro‘z islomgacha bo‘lgan jaholatdan kelib chiqqanligi aytiladi.

“Kofirlarning bayramini nishonlaganlar, ulardan biri bo‘ladi. Shuning uchun Kiti viloyatida Navro‘z bayramini nishonlaganlar shariat bo‘yicha javobgarlikka tortiladi”, — deydi “Tolibon”ning axloq polisiyasi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!