Aeroportda yo‘lovchilar unutib qoldirgan yuklar sotilishi rostmi?

Aeroportda yo‘lovchilar unutib qoldirgan yuklar sotilishi rostmi?

2023 yilning 16 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Toshkent" xalqaro aeroportida yo‘lovchilar unutib qoldirgan yuklar sotilishi bilan bog‘liq xayriya aksiyasi o‘tkazilayotgani haqida ma’lumot tarqaldi.

“Uzbekistan Airports” boshqaruv kompaniyasining xabar berishicha, O‘zbekistonning 11 ta xalqaro aeroportlaridan birortasi tomonidan yo‘lovchilarning unutilgan yuklari sotilmaydi va uchinchi shaxslarga topshirilmaydi. Barcha yo‘qolgan yuklar aeroport omborlarida 3 oy mobaynida saqlanadi va saqlash muddati tugashi bilan utilizasiya qilinadi.

“Uzbekistan Airports” yolg‘on ma’lumotlarga ishonmaslikka va firibgarlarga pul o‘tkazmaslikka chaqiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!