Abdulla Avloniy nega tarjimai holini o‘zgartirgan?

A A A
Abdulla Avloniy nega tarjimai holini o‘zgartirgan?

Adabiyot va san’at ahli ijodini o‘rganishda ijodkor haqidagi barcha ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, zamona zayli bilan hayoti va ijodi yetarli o‘rganilmagan yoki o‘sha davr talabiga ko‘ra, tarjimai holiga xolis va haqqoniy yondashilmagan adib bo‘lsa! Shu ma’noda yurtimizning yaqin o‘tmishida ozodlik uchun o‘z hayotini qurbon qilgan jadidchilik namoyandalari taqdiri jiddiy izlanishga muhtoj.

Avloniyning hayoti boshqa jadidchilarnikidan bir oz farqli kechgan. Masalan, Abdulla Avloniy qatag‘on qilinmagan, ammo 1966 yilgacha uning ijodi o‘rganilmagan, asarlari chop etilmagan. Aynan shu davrda bir oz muddat siyosatda o‘zgarish sodir bo‘lib, Sobiq ittiffoqda qatag‘on qurbonlari haqidagi ma’lumotlar ommaga taqdim etilgan.

Tarixdan ma’lumki, buyuk insonlar yonida doimo ularni qo‘llab-quvvatlab turuvchi donishmand ayollari bo‘lgan. Bibixonim, Nodirabegimlar bunga yaqqol misol. Abdulla Avloniyga tegishli boy madaniy meros bugungi kungacha yetib kelishida ham u kishining zavjasi Salomat ayaning alohida o‘rni bor. Hozirgacha bu alloma haqidagi aksariyat nodir ma’lumotlarda Salomat aya Islomovaning adabiyotshunos Begali Qosimovga 1966 yili taqdim etgan qo‘lyozma va hujjatlarga tayaniladi.

Qatag‘on yillari Abdulla Avloniy “xalq dushmani” sifatida qoralanmasa-da, o‘limidan so‘ng asarlari chop etilmagan. Go‘yo, bevaqt o‘limi bilan Avloniy o‘z sha’ni, oilasi tinchligini xavf-xatardan himoya qilib qolgandek.

Demak, sovet davri siyosati barcha jadidlar kabi Abdulla Avloniy asarlaridagi ezgu niyatlardan ham “ko‘ngli to‘lmagan”, uning g‘oyalari Sovet siyosatiga “to‘g‘ri kelmagan”. 1934 yildan 1966 yilgacha Salomat aya Abdulla Avloniy asarlari qadri vaqti kelib juda baland bo‘lishini bilgan. Qo‘lyozmalarni asrab-avaylagan, zamonlar o‘zgarib, diyorimiz ma’rifatparvarlariga nisbatan munosabat o‘zgarishiga ishongan.

Abdulla Avloniy taqdirida sadoqatli va vafodor bu ayolning tutgan o‘rni borasida qator ilmiy izlanishlar olib borish yosh tadqiqotchilarimiz oldida turgan navbatdagi vazifalardan biridir. Garchi, Salomat Islomova haqida ma’lumot juda oz bo‘lsa-da, bir narsa aniqki, Avloniy g‘oyalarini tushungan, uning asarlarini qadrlagan bu mo‘’tabar ayol nihoyatda ziyoli, ma’rifatli va taraqqiyparvar bo‘lgan.

Abdulla Avloniy o‘sha paytlarda barcha ziyolilar kabi o‘z tarjimai holiga “zaruriy” o‘zgartirishlar kiritgan, degan ehtimol mavjud. Jumladan, u ijtimoiy kelib chiqishi haqida oddiy kambag‘al-kosib oilasidan ekanini, nihoyatda nochor ulg‘ayganini ta’kidlaydi. Begali Qosimov nashrga tayyorlagan Abdulla Avloniy qalamiga mansub “Tarjimai holim”da bu borada shunday yozilgan: “1878 melodiy yil 12 iyulda Toshkentning eski shahri Shayhontohur dahasi Mergancha mahallasida faqir hol bir oilada tug‘ilganman. Otamning ismi Miravlon, onamning oti Fotimadir. Otamning tub kasbi to‘quvchilik (bo‘zchilik) bo‘lib, so‘ng zamonlarda Yarmanka bozorida yoymachilik qilib, bo‘z va chit bilan savdo qilur edi”. (Milliy uyg‘onish va o‘zbek filologiyasi masalalari. T.: Universitet. 1993, 108- bet)

Sovet davrida yashab ijod qilgan deyarli barcha ziyolilar tarjimai holini shu tarzda o‘zgartirgani sir emas. Ilm-fan rivojiga hissa qo‘shgan ziyolilarimiz uchun oddiy ishchi-kosib oilasida qiyinchilikda ulg‘ayib, faqat “Sovet tizimi va partiya”ning “g‘amxo‘rligi, mehribonligi” tufayli ana shunday bilimli, oliy ma’lumotli bo‘la olganliklarini ta’kidlash Sovet siyosatining ajralmas qismi bo‘lgan. Bunday “o‘zgartirishlar” tufayli ziyolilarimizning haqiqiy hayoti “parda” ortida qolgan.

Ma’lumki, Abdulla Avloniy o‘z davrining yetuk ziyolisi bo‘lib, nafaqat dunyoviy, balki diniy bilimi ham yuksak e’tirofga sazovor edi. Sovet davriga qadar aksariyat ziyolilar o‘zbek tilidan tashqari arab va fors tillarini mukammal bilishgan. Diniy ilmni arab tili orqali o‘rganishsa, badiiy adabiyot uchun fors tilini mukammal bilish talab etilgan. Abdulla Avloniy o‘zbek, arab, fors tillaridan tashqari rus, tatar, ozarbayjon, turk tillarini ham mukammal bilgan. Bir qator badiiy adabiyot namunalarini o‘zbek tiliga mohirona tarjima qilgan. O‘z tarjimai holida ko‘rsatilganidek, faqat qish kunlarigina ta’lim olishga imkoniyati bo‘lganida Abdulla Avloniy bunchalik ilmli, bilmli, tafakkuri keng inson bo‘lib voyaga yeta olmasdi. “Abdulla 7 yoshidan O‘qchidagi eski maktabda Akromxon domlada savod chiqardi. 1890 yil shu mahalladagi madrasaga o‘tdi. So‘ng Shayhontohurdagi Abdumalikboy madrasasida Mulla umar Oxunda tahsil ko‘rdi. Shu yillari adabiyotga havasi uyg‘ondi, Navoiy she’riyatiga, Fuzuliy g‘azallariga mehr qo‘ydi. So‘ngra ishtiyoq bilan fors tilini o‘rgandi. Sa’diy va Hofiz olamidan zavq-shavq oldi. Nihoyat, bu intilishlar samara berdi. O‘zi kamtarona qayd qilganidek, “she’r yozishga tutindi”. (Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. Istiqlol qahramonlari turkumidan. To‘plovchi va nashrga tayyorlovchi B.Qosimov. Ikki jildlik. 1-jildi.T.: Ma’naviyat, 2009. 6-bet)

Avvallari Toshkent shahri Anhor kanalida yakunlangan. Chor Rossiyasi bosqinidan so‘ng Yangi va Eski shaharga bo‘lingan. Hozirgi Eski shahar nomi o‘sha davrdan qolgan. Anhorning sharqiy tomonida Shayhontohur dahasida yashovchilarning dala hovlilari bo‘lgan. Ma’lumki, taniqli adibimiz Oybek “Qutlug‘ qon” asarida qalamga olgan Mirkarimboyning prototipi  Toshkentning katta savdogarlaridan biri bo‘lib, uning dala hovlisi ham shu yerda joylashgan edi. Temir yo‘l qurilgandan keyin Mirkarimboyning yeriga talab oshib ketgan. U o‘zining dalasi o‘rniga xonadonlar qurdirib, ijaraga bergan. Mirkarimboyning o‘g‘illari Mirafzal va Mirqosimga o‘sha dala o‘rnidagi uy joylar meros qolgan. Keyinchalik ularning avlodlari shu yerlarda yashab, umrguzaronlik qilishgan. (Mirzakarimboy avlodlari bilan suhbatdan) Obod bo‘lgan yerlarni aholi o‘z tilida “Mirobod” – “Mirlar obod qilgan yerlar” deb ataydi. Ruslar mahalla tushunchasini yoqtirmagan (balki, tushunmagandir). Shuning uchun Mirabadskaya, deb ko‘cha nomini atagan. Hozirgi Mirobod tumani nomi o‘sha davrdan qolgan. Mirkarimboyning va boshqa “mirzoda”larning avlodlari shu yerda yashashgan, o‘zaro quda-anda bo‘lishgan. Abulla Avloniy ham Mir avlodga mansub edi. Otasining to‘liq ismi Miravlon, bobosiniki Mirne’matboy bo‘lgan. (Abdulla Avloniyning evarasi, san’atkor Gavhar Zokirova so‘zidan) U otasining o‘limidan so‘ng bobosidan meros qolgan dala hovlida ukasi bilan o‘ziga uy qurib yashagan. Ya’ni aka-uka Avloniylar bobosining dala hovlisi o‘rnida qurilgan hovlilarda yashagan. Ularning shahar hovlisi, Avloniy o‘z tarjimai holida ko‘rsatganidek, Merganchi mahallasida bo‘lgan. Demak, shahar va dala hovlilarga egalik qilgan Miravlon nochor va kambag‘al kosib bo‘lmagan. Avloniyning ayoli Salomat Islomova ham o‘z davrining boy, zodagon oilasi farzandi bo‘lib, xat-savodli, ziyoli ayol edi.

Tarjimai holida Avloniy ko‘pchilik uni imoratchi usta, deb ataganini yozadi (ziyo.uz). Ma’lumki, yurtimiz tarixida har inson biror kasb, hunar egasi bo‘lgan. Masalan, Mirkarimboy Toshkentga birinchi bo‘lib Germaniyadan “Zinger” tikuv mashinasini olib keladi va uning qizi shu mashinada savob uchun ishchilarga issiq nimcha tikib beradi. Ya’ni, shaharning yirik puldorlari nafaqat ziyoli, balki hunarli ham bo‘lib, kambag‘al, nochorlarga g‘amxo‘rlik qilishgan. Abdulla Avloniy ham nochor hayotdan emas, balki o‘sha davr boyonlari farzandi sifatida bir nechta hunarni egallab, odamlarga xolis yordam bergani ehtimoldan xoli emas.

Abdulla Avloniyning ijtimoiy kelib chiqishiga oid yana bir jihat. O‘zbekchilikda “qarshi quda” tushunchasi bor. Ya’ni, bir xil ijtimoiy qatlamga mansub oilalar qiz berib, qiz olishgan. Abdulla Avloniy to‘ng‘ich farzandi Savrinisoni Mirfayzi va Jannatnisoning o‘g‘li bo‘lgan Miryoqubga turmushga beradi. Mirfayzining xonadoni hozirgi Islom universiteti o‘rnida, Yunusxon maqbarasi yonida bo‘lgan. Jannatniso Mirkarimboyning qizi. Demak, Abdulla Avloniy katta savdogar Mirfayzi va Toshkentning yirik mulkdorlaridan biri Mirkarimboyning qizi Jannatnisoga quda. Qudachilik, asosan, ijtimoiy mavqe bo‘yicha teng oilalar orasida yuzaga kelganini e’tiborga olsak, Avloniy ham qadimdan ana shunday boyonlarga xos ijtimoiy mavqega ega oila vakili ekani ayon bo‘ladi.

Avloniy qizi Savriniso bilan Mirfayzi o‘g‘li Miryoqubning turmushi uzoqqa cho‘zilmaydi. Ularning qizi Tuyg‘unoy ikki yoshga yetganda Miryoqub qatag‘on xavfidan Turkiyaga ketib, jon saqlaydi. Savriniso ikki yoshli qizi bilan ota uyiga qaytishga majbur bo‘ladi. Yurtimiz ardog‘idagi san’atkor Gavhar Zokirova Tuyg‘unoyning qizi bo‘lib, Abdulla Avloniyning evarasidir. Miryoqubning chet elga qochishi o‘sha davr siyosiy tuzumiga ma’qul kelmagan. Miryoqubning otasi, ayoli, keyinchalik qizini ham NKVD xodimlari tinmay so‘roqqa tortishar, bor “haqiqat”ni ayttirish uchun urib, kaltaklashgan. Bechora ota zulmga chidolmay, tez orada jon beradi. Savriniso ham qiynoqli so‘roqlardan xastalanib, qisqa umr ko‘radi. Tuyg‘unoy otasini ikki yoshidan beri ko‘rmagan bo‘lishiga qaramay, institutga kirguniga qadar muntazam ravishda so‘roqqa chaqiriladi.

Abdulla Avloniy va Salomat Islomovaning Savriniso, Karima, Qunduz, Hakima ismli qizlari, Asatilla, Otaliq, Kenja ismli o‘g‘illari bo‘lgan. Hakima va Kenja ko‘p yillar davomida otalari merosini saqlab, el-yurtga xizmat qilishadi. “Gospitalniy”dagi xonadonida Hakima aya Abdulla Avloniyga tegishli ashyolarni ardoqlab keladi. (Abdulla Avloniy evarasi san’atkor Gavhar Zokirova bilan suhbatdan)

Taniqli adibimiz O‘lmas Umarbekovning “Qizimga maktublar” asarida Abdulla Avloniy cheksiz mehr va e’tiqod bilan tilga olinadi. O‘lmas Umarbekov ham Mirkarimboy kabi O‘qchi mahallasidan bo‘lib, uning hovlisi Avloniy, Mirkarimboy farzandlari xonadoni kabi Mirobod dahasida, o‘sha paytlar “Gospitalniy” deb atalgan mavzeda joylashgan edi. Abdulla Avloniyning o‘g‘li Kenja aka va O‘lmas Umarbekov yaqin do‘st, ulfat edilar. (Abdulla Avloniy evarasi san’atkor Gavhar Zokirova bilan suhbatdan) O‘lmas Umarbekov, Abulla Avloniy, Mirkarimboylar o‘zaro qarindosh, degan taxminlar ham yo‘q emas. Mirkarimboyning Mirafzal, Mirsoat, Mirqosim, Mirsulton ismli o‘g‘il farzandlari bo‘lgan. Mirsoat O‘lmas Umarbekovning Zulfiya ismli ammasiga uylanib, Umarbekovlar oilasiga kuyov bo‘lgan. Ya’ni, Mirkarimboy va Umarbek oilalari qudachilik rishtasi bilan bog‘langan.      

Demak, Abdulla Avloniy kabi Sovet davrida yashab ijod etgan o‘nlab adiblarimiz hayoti, ijodi hamda tarjimai holidagi asliyatni, haqiqatni yuzaga chiqarish uchun tarixni qayta o‘rganish va ob’ektiv tadqiq etish vaqti keldi. Shu davrda yaratilgan asarlarga majburiy ravishda singdirilgan ma’naviyatimizga, tarixiy haqiqatga yot bo‘lgan fakt va dalillarni aniqlashtirish shart.

Yulduz Ortiqova,
filologiya fanlari nomzodi

P.S. Rahmatli Mirbilol buvam  Mirkarimboyning qizi Nisobibining o‘g‘li pedagogika institutida Shuhrat, Zafar Diyorlar bilan bir kursda o‘qigan. Arab, fors, rus tilllarini mukammal bilgan. Afsuski, zamona zayliga ko‘ra,  zavodda ishchi bo‘lib ishlashga, ijtimoiy kelib chiqishini o‘zgartirib yozishga majbur bo‘lgan. Ushbu maqola buvamning yaqinlari, qarindoshlarimiz xotiralariga tayanib tayyorlandi. O‘tganlarning ruhi shod bo‘lsin!

Manba: fikrat.uz

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

O‘zbekistonga yana juda issiq havo oqimlari kirib keladi

Мутахассислар куннинг энг иссиқ вақтларида очиқ ҳавода узоқ қолмаслик, кўпроқ сув ичиш ва болалар ҳамда кексалар саломатлигига алоҳида эътибор қаратишни тавсия этмоқда.

Toshkentdagi to‘qnashuvda halok bo‘lgan YPX xodimining shaxsi ma’lum bo‘ldi

Марҳум 29 ёшли Озодбек Қўлдошалиев ЙПХ бригадаси Махсус батальони мото гуруҳи командири, лейтенант лавозимида хизмат қилган.

PDXX raisi Rustam Jo‘rayevning biografiyasi

Рустам Мирзаевич Жўраев — 1968 йил 26 июлда Тошкент шаҳрида таваллуд топган.

Ukrainani “Rus” deb qayta nomlash taklif qilindi

Сиёсатчи номни ўзгартириш имкониятини Украинанинг ЕИга аъзо бўлиш истиқболлари билан боғлаган.

Bellingem o‘yindan so‘ng nima sababdan Argentina terma jamoasi o‘yinchisini urgani ma’lum bo‘ldi

Англия терма жамоаси ярим ҳимоячиси Жуд Беллингем ЖЧ-2026 ярим финали тугаганидан сўнг Аргентина терма жамоаси ўйинчиси Валентин Барко билан тортишиб қолди.

Superliga. 12-turdan keyingi turnir jadvali (foto)

Суперлига баҳсларида 12-тур ўйинлари якунланди.

Kiyevda ketma-ket uchinchi kun namoyishlar davom etmoqda

"Интерфакс-Украина" маълумотларига кўра, Крещатик ёнидаги Иван Франко майдонида 10 мингга яқин одам тўпланган.

Rossiyaning migrantlarga yangi talabi yuzasidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumot berdi

Маълум қилинишича, бу ҳақдаги қонун лойиҳаси муҳокама босқичида ва ҳали қабул қилинмаган

«Real» hujumchisi Mourinyoni hayratda qoldirdi

Мадриднинг «Реал» клуби ҳужумчиси Гонсало Гарсия ўз жисмоний ҳолати билан жамоадошлари ва мураббийлар штабини лол қолдирди.

Timur Kapadze: "O‘zbekiston terma jamoasini har bir vatandosh kabi stadiondan qo‘llab-quvvatlashni xohlagandim, ammo..."

Ўзбекистон терма жамоаси собиқ бош мураббийи Тимур Кападзе "оқ бўрилар"нинг Жаҳон чемпионатидаги иштирокини томоша қилиш учун Америка қитъасига бормаганига изоҳ берди.

London osmonidan ulkan ajdaho uchib o‘tdi

“Аждаҳо уйи” сериалининг янги фасли рекламаси учун тайёрланган ушбу учувчи модель кўпикли пластмасса, углерод толаси ҳамда алюминийдан ясалган бўлиб, унинг вазни 13 кгни ташкил этган.

O‘zbekiston bilan o‘yin oldidan Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda qisqa bayonot berdi

Португалия терма жамоаси ҳужумчиси Криштиану Роналду ўзининг ижтимоий тармоқлардаги саҳифасида янги пост жойлаштирди.

Prezident milliy jamoaning futbol bo‘yicha jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokini tekshirishni talab qildi

Мен бу кутилмаган натижадан шунчаки ҳайратда эмас, балки бутунлай лол қолдим.

Qirg‘iziston–O‘zbekiston chegarasida 27 nafar chegara xodimi qo‘lga olindi

Амалиёт вақтида огоҳлантирувчи ўқ узилгани ҳолати ҳам текширилмоқда.

Alisher Qodirov futbolchilarga: "Kongo bilan o‘zingiz uchun o‘ynang, futbolchi nonini yeyapsiz, g‘ururingizga o‘t tushdi"

Депутат Алишер Қодиров Португалияга қарши ўйинда йирик ҳисобда мағлубиятга учраган Ўзбекистон миллий терма жамоаси футболчиларини танқид қилди.

Yozning eng issiq davri yaqinlashmoqda: harorat 50 darajaga yetishi mumkin

TwojaPogoda.pl сайти хабар беришича, бу Европада энг кучли ва узоқ давом этадиган иссиқлик тўлқинлари эҳтимоли ошган даврдир.

Messi ko‘z yoshlarini tiya olmadi (foto)

Учрашувдан сўнг «Интер Майами» футболчиси Лионель Месси кўзёшларини тутиб тура олмади.

Welt: Saylovlardan so‘ng Ukraina Yevropa ko‘magidan mahrum bo‘lishi mumkin

Киев яқин орада бўлажак сайловлар сабабли европалик иттифоқчиларнинг қўллаб-қувватлашидан маҳрум бўлиши мумкин.

Rossiyada urushga borishni xohlagan mahbuslarga pul to‘lana boshladi

Россияда ҳарбий хизматни ўташ учун шартнома имзолаётган маҳбусларга ҳудудий пул нафақалари тўлана бошлади.

Qozog‘iston dron hujumidan so‘ng neft yuklashni to‘xtatdi

Қозоғистон Энергетика вазирлиги хабар беришича, Қозоғистонда ишлаб чиқарилган нефтни юклаётган ASIA ва NISSOS IOS танкерларига 19 июль куни юклаш операциялари пайтида ҳужум қилинган.

AQShda faoliyat yuritayotgan xalqaro tijorat arbitraji mutaxassisi Farangiz Razakova: sun’iy intellekt nizolarni hal etish tizimini qanday o‘zgartirmoqda?

Рақамли трансформация халқаро савдо муносабатларини ҳам, улардан келиб чиқадиган низоларни ҳал этиш усулларини ҳам янгиламоқда. Сунъий интеллект ҳужжатларни таҳлил қилиш, ҳуқуқий тадқиқот олиб бориш ва процессуал жараёнларни бошқаришда янги имкониятлар яратмоқда. Шу билан бирга, махфийлик, тарафлар тенглиги, алгоритмик хатолар ва профессионал жавобгарлик билан боғлиқ мураккаб саволларни ҳам кун тартибига олиб чиқмоқда.

The Wall Street Journal: Isroil AQShdagi nufuzini yaxshilash uchun 50 mln dollarlik axborot kampaniyasini boshladi

The Wall Street Journal маълумотига кўра, америкаликлар орасида Исроилни қўллаб-қувватлаш даражаси пасайиб бораётгани ортидан мамлакат АҚШ жамоатчилик фикрига таъсир қилиш учун қиймати 50 миллион доллар бўлган кампанияни йўлга қўйган.

Eron Saudiya Arabistonida joylashgan AQSh harbiy bazasi tomon ballistik raketa uchirdi

Бу ҳақда америкалик расмийга таяниб Ахios журналисти Барак Равид хабар берди.

Venesuelada zilzila qurbonlari soni 5 mingdan oshdi

Шунингдек, мамлакат тикланиш ишларини молиялаштириш учун Халқаро валюта жамғармаси (ХВЖ) захираларидан 346 миллион доллар ажратилади.

Iroqdagi eronparast qurolli guruh Trampni o‘ldirganlik uchun 10 million dollar mukofot e’lon qildi — "Gulf News"

​Нашрнинг хабар беришича, бу маблағ хайриялар ҳисобидан йиғилган.

Toshkentda “Onix” va YPX motosikllari to‘qnashdi, bir kishi halok bo‘ldi

Ижтимоий тармоқларда мазкур ЙТҲ кортеж кузатуви вақтида содир бўлгани тўғрисида нотўғри талқин кузатилмоқда.

Eron AQSh hujumiga javoban husiylarga Bab al-Mandab bo‘g‘ozini yopishni buyurgan

Reuters агентлигининг хабар беришича, агар АҚШ Эроннинг электр станцияларига зарба берса, Теҳрон Ямандаги ҳусийларга Баб ал-Мандаб бўғозини ёпиш бўйича кўрсатма берган.

Afg‘onistonda bolalar nikohi oqibatida joriy yilda kamida 42 nafar voyaga yetmagan qiz farzandli bo‘ldi

The Guardian маълумотига кўра, улардан 6 нафари иккинчи марта она бўлган, 5 нафарда бачадондан ташқари ҳомиладорлик қайд этилган, 2 нафар қиз эса туғруқ пайтида вафот этган.

Zaporojye AES bosh muhandisi Ukraina droni hujumi oqibatida halok bo‘ldi

МАГАТЭ бош директори Рафаэль Гросси ушбу ҳодисани қоралади, деб хабар берди агентлик.

So‘nggi bir kun ichida Isroilning G‘azoga bergan zarbalari oqibatida 13 nafar falastinlik halok bo‘ldi

Сўнгги бир кун ичида Исроилнинг Ғазо секторига уюштирган ҳужумлари оқибатида камида 13 нафар фаластинлик ҳалок бўлди, 18 киши жароҳатланди, деб хабар бермоқда “Дунё” АА мухбири “Anadolu” агентлигига таяниб.

Pezeshkian Trampga: «Eronni yo‘q qilmoqchi bo‘lganlar hozir qayerda?»

Эрон президенти Масъуд Пезешкиан АҚШ президенти Дональд Трампнинг баёнотларига жавоб қайтариб, Теҳрон таҳдидларга қуруқ сўзлар билан эмас, амалий ҳаракатлар билан муносабат билдиришини таъкидлади.

Kanadada yuk poyezdi o‘rmon yong‘ini qurshovida qolib ketdi

Аланга ичида қолган поезд Армстронг шаҳри ва яқин атрофдаги аҳоли пунктлари аҳолисини эвакуация қилиш учун фойдаланилган.

Erdog‘an: "15 iyul qahramonona qarshiligi jahon demokratiyasi tarixida benazir hodisadir”

Туркия сиёсий тарихидаги энг шафқатсиз давлат тўнтаришига уринишлардан бири бундан роппа-роса 10 йил аввал, 2016 йил 15 июль куни содир бўлган эди. Мамлакатимизнинг давлат муассасаларига яширинча жойлашиб олган террористик оқим томонидан амалга оширилган ушбу давлат тўнтаришига уринишнинг мақсади Туркияни узоқ йиллар давом этадиган тартибсизлик ва беқарорлик муҳитига судраб, халқимизнинг келажагини ўз назорати остига олиш эди.

Chimyon tog‘ida adashib qolgan 4 nafar fuqaro qutqarildi

Ортга қайтаётганда йўлни қисқартириш мақсадида асосий маршрутдан четга чиққани сабабли адашиб қолган ва қутқарувчилар ёрдамига муҳтож бўлган.

O‘zbekistonlik talabalar “Ozarbayjon madaniyatining yozgi maktabi” loyihasi doirasida Ozarbayjonga tashrif buyurdilar

Озарбайжон Республикаси Маданият вазирлиги ҳамда Озарбайжон Республикасининг Ўзбекистон Республикасидаги Элчихонаси ҳузуридаги Ҳайдар Алиев номидаги Озарбайжон Маданият маркази ташаббуси билан амалга оширилаётган “Озарбайжон маданиятининг ёзги мактаби” лойиҳаси доирасида Ўзбекистон Республикасидан бир гуруҳ талабалар Озарбайжонда сафарда бўлиб турибди.

JSST: Kongoda Ebola bilan kasallanganlarning haqiqiy soni rasmiy ma’lumotlardan 4 barobar ko‘p bo‘lishi mumkin

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти (ЖССТ) маълумотларига кўра, Конго Демократик Республикасида Эбола билан касалланганларнинг ҳақиқий сони расмий кўрсаткичлардан (тахминан 2 мингта касалланиш ва 700 дан ортиқ ўлим ҳолати) 4 баробар кўп бўлиши мумкин.

Evropada jazirama qurbonlari soni 10 mingdan oshdi

Маълум қилинишича, ўлим ҳолатларининг аксарияти 65 ёш ва ундан катта аҳоли вакиллари орасида қайд этилган.

G‘azoda so‘nggi bir kunda 8 kishi halok bo‘ldi

Ғазо секторида сўнгги 24 соат ичида Исроил ҳарбийларининг ҳужумлари оқибатида 8 нафар фаластинлик ҳалок бўлди, яна 32 киши жароҳат олди.

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti yana 2 yilga qamaldi

Жанубий Кореянинг собиқ президенти Юн Сок Ёл сайловолди кампаниясини молиялаштириш тўғрисидаги қонунни бузганлик бўйича ишда икки йилга озодликдан маҳрум этилди.

Xitoyda COVID-19 bilan kasallanish keskin oshdi

Хитойда COVID-19 билан касалланиш ҳолатлари яна кўпаймоқда. Хитой Касалликларни назорат қилиш ва олдини олиш маркази маълумотларига кўра, июнь ойида мамлакатда 79 мингта тасдиқланган инфекция ҳолати қайд этилган.