Abdulaziz Komilov Vatikanda arxiyepiskop bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov Vatikanda arxiyepiskop bilan uchrashdi

11 dekabr kuni bugun Rim shahriga kelgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Vatikanning davlatlar bilan munosabatlar bo‘yicha kotibi, arxiyepiskop Pol Richard Gallaxer bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari O‘zbekiston va Vatikan o‘rtasidagi hamkorlikka oid qator masalalarni muhokama qildi.

1992 yil oktyabr oyida boshlangan ikki tomonlama munosabatlarning dinamik ko‘rinishi mamnuniyat bilan qayd etildi. Ta’kidlanganidek, O‘zbekistondagi millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik, birgalikda jamlangan hamkorlik tajribasi davlatlararo aloqalarni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Davlat rahbarlarining muloqoti va boshqa darajadagi doimiy aloqalar O‘zbekiston va Vatikan o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash va ularga e’tibor qaratish imkonini berishi ta’kidlandi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama va kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!