8 yoshli qizcha qovog‘arilar chaqishidan vafot etdi

8 yoshli qizcha qovog‘arilar chaqishidan vafot etdi

Malayziyada 8 yoshli qizcha qovog‘ari chaqishidan vafot etdi, deb yozadi The Sun.

Xabarda aytilishicha, qizcha uch yoshli ukasi va boshqa bolalar bilan uy yaqinida o‘ynayotgan edi. Shunda ularga qovog‘arilar hujum qiladi. Qizchaning do‘stlari qochishga ulgurgan, uning o‘zi esa hasharotlarga qarshilik ko‘rsata olmay qolgan. Qovog‘arilar qizchani 65 marta chaqqan.

Qizchaning ukasi yugurib uyga kirgan va onasiga bo‘lgan voqea haqida so‘zlab bergan. Ayol zudlik bilan qizi va o‘g‘lini shifoxonaga olib borgan. Biroq shifokorlarning urinishiga qaramay qizcha shu kuni tunda vafot etgan.

Qayd etilishicha, qizchaning ichki organlari qovog‘arilar zahri ta’sirida o‘z funksiyasini bajara olmay qolgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!