77-Kann kinofestivalining rasmiy posteri e’lon qilindi

77-Kann kinofestivalining rasmiy posteri e’lon qilindi

Afisha Akira Kurosavaning 1991 yilda suratga olingan “Avgust marsiyasi“ (“Avgustovskaya rapsodiya“) filmidan olingan.

Mazkur dramada Xirosima va Nagasaki portlashlaridan jabrlangan yapon oilasi haqida hikoya qilinadi. Ma’lumot uchun, filmdagi bosh rollardan birini Richard Gir gavdalantirgan.

Bu yilgi festivalning asosiy tanlovida Kirill Serebrennikovning «Limonov, Eddi haqida ballada» («Limonov, ballada ob Edichke»), Frensis Ford Koppolaning «Megalopolis» («Megalopolis»), Yorgos Lantimos «Mehribonlik turlari» (“Vidi dobroti“) va boshqa yangi filmlar qatnashadi.

Tanlovdan tashqari festivalda «Furiosa» (“Furiosa“) va «Ufqlar» ( “Gorizonti“) kabi filmlarning premyeralarini ham namoyish qilish rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!