69 minga yaqin pirotexnika vositalari savdosiga chek qo‘yildi

69 minga yaqin pirotexnika vositalari savdosiga chek qo‘yildi

Samarqand viloyat huquq-tartibot idoralari tomonidan viloyat hududida pirotexnika vositalari savdosiga qarshi kurashish yo‘nalishida tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida Samarqand shahrida yashovchi fuqaro X.SH. va M.A., payariqlik A.D., Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi N.T., Samarqand tumanida yashovchi R.D. va A.R., Pastdarg‘om tumanida yashovchi A.U. pirotexnika vositalari savdosi bilan shug‘ullanayotgani aniqlanib, ulardan 68 ming 450 dona “Britanik”, “Noviy vek” va “Treniya”, 1 dona “7 Shots” nomli 32 dona “Skazochnoye opereniya”, 1 dona “7 Shots”, 6 dona “Volk” nomli pirotexika vositalari olib qo‘yildi.

Ushbu shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortish choralari ko‘rilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!