6 oyda Tojikistonga 600 mingdan ziyod xorijlik kelgan

6 oyda Tojikistonga 600 mingdan ziyod xorijlik kelgan

So‘nggi olti oy mobaynida qo‘shni Tojikistonga 600 mingdan ko‘p kishi tashrif buyurgan. Ularning 487 400 nafari sayyoh. “Xovar” agentligi 2022 yilning shu davriga nisbatan sayyohlar soni 31,8 foiz ortganini yozgan.

Tojikistonga MDH davlatlaridan kelgan fuqarolar 586 700 (jami mehmonlarning 93,4 foizi) kishi. Ularning 453 800 nafari sayyoh. Uzoq xorijdan kelgan 41 200 mehmonning 33,6 mingi sayyoh.

Tojikistonga eng ko‘p O‘zbekiston fuqarolari borayotgan ekan. O‘tgan olti oy ichida 412 800 (borganlarning 65,7 foizi) yurtdoshimiz qo‘shni mamlakatda mehmon bo‘lgan. Keyingi o‘rinlarni Rossiya (151,1 ming), Qozog‘iston (15,5 ming) va Qirg‘iziston (1,2 ming kishi) egallagan.

Respublikada 240 ta sayyohlik kompaniyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. 2023 yil mamlakatda 185 ta mehmonxona xorijliklar uchun xizmat ko‘rsatgan.

Darvoqe, joriy yil dastlabki yarmida xorijga safar qilgan Tojikiston fuqarolari soni ham avvalgi yilning shu davriga nisbatan 40,1 foiz ortgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!