6 iyun kuni Yerga potensial xavfli asteroid yaqinlashadi

6 iyun kuni Yerga potensial xavfli asteroid yaqinlashadi

Kattaligi futbol maydoniga teng bo‘lgan 163348 (2002 NN4) potensial xavfli asteroidi Yerga yaqinlashadi. Bu haqda Space Reference xabar bermoqda.

Samoviy jism 2002 yilda topilgan. Taxminlarga ko‘ra, 6 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 8.20da u sayyoradan minimal masofada o‘tadi. Asteroid va sayyora orasidagi masofa 5,93 million kilometrni tashkil qiladi. Kosmik jismning Yerga eng kam masofasi orbitadan Oygacha bo‘lgan masofadan 13 baravar katta bo‘ladi.

Asteroidning trayektoriyasi Yer orbitasini kesib o‘tadi, shuning uchun u potensial xavfli deb hisoblanadi. Garchi asteroid «mutlaq nuqtai nazardan» kichkina bo‘lsa ham (250 metrdan 570 metrgacha), bu boshqa xavfli tanalarning 90 foizidan ko‘prog‘ini tashkil qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!