46 nafar afg‘onistonlik «B» toifa bo‘yicha haydovchilikka o‘qitildi

«Vatanparvar» tashkiloti Surxondaryo viloyati kengashi tasarrufidagi Termiz avtomobil maktabi tomonidan 46 nafar afg‘onistonlik fuqaro «B» toifasi bo‘yicha haydovchilikka o‘qitilib, tegishli guvohnomalarga ega bo‘ldi.
Bundan tashqari, 35 nafar afg‘onistonlik Termiz shahrida tashkil etilgan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida tikuvchilik kasbiga o‘rgatilishi ma’lum qilindi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)