4 davlat havo kuchlari yagona mudofaa tizimini yaratishga kelishib oldi

4 davlat havo kuchlari yagona mudofaa tizimini yaratishga kelishib oldi

Shvesiya, Norvegiya, Finlyandiya va Daniya havo kuchlari yagona shimoliy havo hujumidan mudofaa tizimini yaratishga kelishib oldi.

Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

To‘rtta davlat qurolli kuchlarining bayonotlariga ko‘ra, to‘rtta Skandinaviya davlati havo kuchlari qo‘mondonlari NATO doirasida allaqachon ma’lum bo‘lgan harakat usullariga asoslanib, o‘z qiruvchilarini yagona flot sifatida ishlatish niyatlari to‘g‘risidagi deklarasiyani imzoladilar.

Daniya Harbiy-havo kuchlari shunday dedi: "Yakuniy maqsad NATOning allaqachon ma’lum bo‘lgan metodologiyasi asosida Skandinaviya qo‘shma havo operasiyalari konsepsiyasini ishlab chiqish orqali bir kuch sifatida birgalikda muammosiz harakat qilishdir"

Hamkorlik integrasiyalashgan qo‘mondonlik va nazoratni, operativ rejalashtirish va bajarishni, kuchlarni moslashuvchan joylashtirishni, havo bo‘shlig‘ini birgalikda kuzatish va o‘qitishni qamrab oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!