"Xalq so‘zi" gazetasi muxbiri Saidjon Maxsumov olamdan o‘tdi

"Xalq so‘zi" gazetasi muxbiri Saidjon Maxsumov olamdan o‘tdi

"Xalq so‘zi" gazetasi jurnalisti Said Maxsumov avtohalokatga uchrab, halok bo‘lgan.

36 yoshda bo‘lgan jurnalist Qoraqalpog‘istondagi baxshilik festivalidan qaytayotganda avariyaga uchragani aytilmoqda.

Said Maxsumov Toshkent viloyatida tug‘ilgan, O‘zDJTU xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. Ko‘p yillar davomida "Ma’rifat" va "Xalq so‘zi" gazetalarida ishlagan.

Aniq.uz marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!