31 mamlakatda 127 tadan ortiq jurnalist koronavirusdan vafot etdi

31 mamlakatda 127 tadan ortiq jurnalist koronavirusdan vafot etdi

Pandemiyadan keyingi uch oy ichida dunyoning 31 mamlakatida 127 dan ortiq jurnalist koronavirusdan vafot etdi, deya xabar beradi “Press Emblem Campaign” mustaqil jurnalistlar uyushmasi.

1 martdan 31 maygacha bo‘lgan davrda kamida 127 ortiq jurnalist COVID-19dan vafot etdi, ularning uchdan ikki qismi kasbiy vazifalarini bajarish paytida sodir bo‘ldi, deyiladi xabarda.

“Yangi virusga qarshi kurashda ommaviy axborot vositalari xodimlari muhim rol o‘ynaydi. Ular kasallikning tarqalishi haqida xabar berishlari kerak. Ulardan ba’zilari ish paytida zarur himoya vositalari yo‘qligi sababli vafot etishdi”, deydi uyushma bosh kotibi Bleyz Lempen.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!