+30. Yurtimizda koronavirusga chalinganlar soni yana oshdi

+30. Yurtimizda koronavirusga chalinganlar soni yana oshdi

?2020 yil 4 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3939 (+30) nafarni tashkil etmoqda.
 
?Yangi kasallanish holatlarining 28 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 1 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, yana 1 nafari esa Toshknt viloyatida Rossiyadan chegara post orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlandi.
 
❗️Ayni paytda yurtimizda 3087 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (78 foizi) sog‘aydi. 
 
‼️Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 836 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!