22 yildan buyon sotuvdagi mashinalardan 5 litrdan benzin o‘g‘irlanganmidi yoki «O‘zavtosanoat» AJ yuzidagi dog‘

A A A
22 yildan buyon sotuvdagi mashinalardan 5 litrdan benzin o‘g‘irlanganmidi yoki «O‘zavtosanoat» AJ yuzidagi dog‘

Quyida O‘zA da e’lon qilingan maqolani to‘lig‘icha keltiramiz.

«O‘zavtosanoat» AJ faoliyatiga nisbatan xalq tomonidan bildirilgan noroziliklardan bemalol doston bitish mumkin

O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarilayotganiga qariyb 22 yil bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, har bir yangi sotilayotgan mashina «benzobak»ida kamida 5 litr benzin bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Axir, xaridor mashina bilan yaqinroq AYOQShga yetib olishi kerak-ku. Lekin, shu paytgacha sotilgan mashinalar zaxirasida 5 litr benzin bilan sotilganiga guvoh bo‘lganlar bormi? Yangi mashina sotib olgan xaridorlar doim «benzobak» bo‘shligidan va yaqin oradagi AYOQShga arang yetib olganlarini aytishadi. Tan olish kerak, yangi mashinalar xaridor qo‘liga yetib borgunicha uni faqat yoqilg‘isini «tuya qilishmagan». «O‘zavtosanoat» AJ faoliyatiga nisbatan xalq tomonidan bildirilgan noroziliklardan bemalol doston bitish mumkin.

Bugun Xalqaro press-klubning navbatdagi uchrashuvida «O‘zavtosanoat» AJ, Asaka zavodi rahbariyati va Turin politexnika universiteti rektori qatnashdi. Odatda Press-klub mehmonlari oq yumshoq o‘rindiqlarda o‘tirib, jurnalistlarning savollariga javob berar edi. Bu safar xalqqa qimmat, ammo sifatsiz mashinalarni sotayotgan «O‘zavtosanoat» AJ rahbariyati tik turgan holda internet orqali odamlardan kelgan savollarga javob berishga harakat qildilar.

Ochiq qolgan savollar

Uchrashuvni boshqargan Sherzod Qudratxo‘jayev 5 litr benzin muammosidan tortib, «Damas» avtomobillarini olishdagi qiyinchiliklar va «shapka»lar haqida savollar bilan Press-klub mehmonlariga murojaat qildi. Tabiiyki, O‘zbekiston avtomobil sanoati rahbariyati vakillaridan ushbu savollarga aniq javoblar bo‘lmadi. Hozircha bunday achchiq savollarni ochiq yangraganidan mamnunmiz, xolos.

Nima uchun avtosalonlarda xaridorlarni ochiq yuz bilan kutib olishmaydi. Xaridor o‘zi xohlagan mashinani bemalol minib ko‘rib, yayrab sotib olmaydi? Xaridorni salonda «keling-keling», deb kutib olib, unga qahva damlab berib, yana o‘sha yerning o‘zida yangi avtomobilning sug‘urtasi va davlat raqamlarini olish masalasini ham hal etib berishmaydi. Lo‘nda qilib aytganda, avtosalondagi sotuvchilar xizmati dehqon bozorlaridagi savdogarnikichalik ham emas.

Sessiyada yana dekabr, mart oylarida mashina to‘lovni amalga oshirib, hamon mashina ololmayotgan fuqarolarning savollari ham o‘qib eshittirildi, biroq hal etilmadi.

Nega biz sifatsiz mashinani qimmatga xarid qilamiz?

«O‘zavtosanoat»ga bildirilgan noroziliklardan biri shu bo‘ldi:

«Nega biz sifatsiz mashinani qimmatga xarid qilamiz? Xorijda bizni mashinalardan sifatliroq ulovlar ancha arzon narxda sotiladi».

«O‘zavtosanaot» AJ rahbari Shavkat Umurzoqovning aytishicha, bizda mashinalar sifatli va arzon bo‘lishi uchun uni yanayam ko‘proq hajmda ishlab chiqarish kerak. Hozirda O‘zbekistonda yengil avtomobilga bo‘lgan ehtiyoj 220 mingtani tashkil etadi. Zavodning ishlab chiqarish hajmi esa 140 mingtani tashkil etmoqda.

Xo‘sh, ishlab chiqarish hajmini oshirishga bizga nima qarshilik qilmoqda?

«Mashinani arzonlashtirsak zavod kasodga uchraydi»

SH.Umurzoqovning aytishicha, mashinalar narxi arzonlashtirilsa, zavod kasodga uchraydi. Asaka zavodining 10 foizlik kreditlari bor, buning ustiga, ishlab chiqarish shu paytgacha o‘z zararga ishlagan. Avtomobil sanoatini reabilitasiya qilish uchun narxlarini 14 foizga qimmatlashtirib, keyinchalik 7 foizgacha arzonlashtirish kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, hozirda kasodga uchray, deb qolgan avtomobil sanoati rahbariyatidagi maoshlar 2 milliondan 8 milliongacha.

Mashina ishlab chiqarishdan voz kechsak bo‘lmaydimi?

Sessiya davomida O‘zbekistonda mashina ishlab chiqarishni to‘xtatib, xuddi qo‘shni Qozog‘iston Respublikasi kabi import avtomobillari uchun bojxona to‘lovini arzonlashtirish ham taklif etildi. Biroq, bu taklif Shavkat Bo‘ronovich tomonidan asosli dalillar bilan rad etildi.

Katta-katta va’dalar

«O‘zavtosanoat» AJ rahbari Shavkat Umurzoqov, 22 yil davomida O‘zbekiston avtomobil sanoatida katta muammolar yig‘ilib qolgani va uni tizimli ravishda hal qilishga bel bog‘laganini aytib, katta va’dalar berdi. Uning aytishicha, yaqin orada avtomobil sotuvida katta o‘zgarishlar bo‘ladi. Ya’ni xaridor internet orqali ham avtomobilga to‘lov amalga oshira oladi. Unga sotib olgan avtomobilini uyining eshigi tagiga olib kelib berishadi. Yangi avtomobilning raqam olish va sug‘urtalash ishlari salonning o‘zida hal etiladi.

Bugungi kundagi mashina sotib olishdagi muammolar oldida uning bu va’dalari ertakdek tuyulgan bo‘lsa-da, tez orada shunday ijobiy o‘zgarishlarni bo‘lishiga umid qilamiz.

Yana Umurzoqovning so‘zlariga ko‘ra, bizda intellektual salohiyat mashina ishlab chiqarish bo‘yicha mutaxassislar umuman shakllanmagan va yetarli emas. Turin politexnika universiteti o‘quv tizimi ham islohotlarga muhtoj.

Xulosa qilib aytganda, sessiyada mashina narxlarining oshirilishiga 22 yillik muammolar ro‘kach qilindi va endilikda arzonlashadi, deya qop-qop va’dalar berildi. 5 litr benzin, sifatsiz avtombil va “shapka”lar kabi javobi topilmagan savollar esa «O‘zavtosanoat» AJ yuzida dog‘ligicha qolib ketmoqda.

Anora SODIQOVA, O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Chechen qo‘mondonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid: “Ruslarni o‘ldirish uchun kelgan xorijliklar yo‘q qilinadi!”

Чеченистоннинг "Ахмат" махсус кучлари қўмондони Апти Алаудинов Украинадаги урушда қатнашаётган жангчилар ҳақида баёнот берди.

Eron jasorat ko‘rsatmoqda

"Агар бугун сионистик режим ўз адашуви туфайли аҳмоқлик қилиб тажовуз қилишга журъат этса, шубҳасиз, ўзининг заиф ва кичик ҳудудига қақшатқич ва қатъий жавоб олади".

Rossiyada yakun yasaldi: SSSR yo‘q bo‘ldi

Федерация Кенгашининг конституциявий қонунчилик ва давлат қурилиши қўмитаси раиси Андрей Клишас ҳуқуқий жиҳатдан Совет Иттифоқи энди мавжуд эмаслигини таъкидлади.

Fermer "er kovlab," o‘z maydonidan oltin topdi

Тахминий ҳисоб-китобларга кўра, унинг ерларида 150 тоннага яқин олтин мавжуд.

Lavrov "Bunday so‘zlarni aytish uchun surbet odam bo‘lish kerak”

Жумладан, ГФРнинг янги канцлери жаноб Мерцнинг Германия яна Европага раҳбарлик қилиш вақти келгани ҳақидаги нутқи.

F-35 endi yashirina olmaydi! Rossiya va Xitoy radarlari amerikalik qiruvchilarni aniqlayapti

Россия ва Хитой радарлари Американинг F-35 қирувчи самолётларини аниқлаши ва кузатиши мумкин, деб ёзади The National Interest.

Polsha Ukrainaga qo‘shin yuborish bo‘yicha yakuniy qarorni e’lon qildi

Полша Украинага қўшин юбормоқчи эмас , бу якуний қарор. Бу ҳақда мамлакат бош вазири Доналд Туск ТВП Инфо каналида маълум қилди .

XXR Daniyaga Rossiya bilan hamkorlikni to‘xtatish chaqirig‘iga "shapaloq" bilan javob qaytardi

Хитой Халқ Республикаси Россия билан ҳамкорликдан воз кечиш чақириғига жавобан Данияга "дипломатик шапалоқ" туширди.

Ruslar Kupyanskni yer bilan yakson qildi

Маъмурият раҳбарининг сўзларига кўра, ҳудудда тахминан 1700 нафар фуқаро қолган.

Medvedevning xayollari

Медведев Украина харитасини намойиш қилди.

Go‘zallik malikasi 9 oyga qamaldi

Бу ҳақда Need To Know (NTK) нашри хабар бермоқда.

Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov jinoyat sodir etgani haqida xabarlar tarqaldi

Хабарларда ҳолат вояга етмаган шахсга нисбатан қилингани айтилган.

Markaziy Osiyo xalqlari uchun Rossiya endi qiziq emas

Марказий Осиёдан Россияга келаётган меҳнат муҳожирлари сони сезиларли даражада камайди.

Hokim o‘rinbosari o‘zini yoqib yubordimi?

Ижтимоий тармоқларда Яккабоғ тумани ҳокими ўринбосари ўзини ёқиб юборгани ҳақида хабар тарқалди.

Ortiqxo‘jayev yangi lavozimda ish boshlagani aytilmoqda

Тарқалган хвбврлврга кўра, Жаҳонгир Ортиқхўжаев Ўзбекистон корпоратив спорт ассоциацияси расининг биринчи ўринбосари сифатида иш бошлаган.

Reuters: Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina hududiga eng yirik havo zarbasini berdi

25 майга ўтар кечаси Россия Қуролли кучлари уруш бошланганидан буён Украина ҳудудига энг кучли ҳаво зарбаларидан бирини амалга оширганини Reuters хабар қилмоқда.

Isroil Germaniya kanslerining tanqidiga javob qaytardi

Шу билан бирга, элчи Фаластин давлатини тан олишга тайёрланаётган Франция, Малта ва Испанияни кескин танқид қилди.

"Real"da Modrichdan keyin o‘ninchi raqamda kim o‘ynashi aniq bo‘ldi

Мадриднинг "Реал" клубида Лука Модрич кетганидан кейин 10-рақамда ким ҳаракат қилиши маълум бўлди.

Isroilga zarba: Irlandiya birinchi bo‘lib savdoni to‘xtatadi!

Ирландия Европа Иттифоқига аъзо давлатлар орасида биринчи бўлиб, босиб олинган Фаластин ҳудудларида фаолият юритаётган Исроил компаниялари билан савдони тақиқловчи қонун лойиҳасини расман ишлаб чиқишни бошлайди.

Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi

Қайд этилишича, мазкур ҳолат Наманган вилояти Чортоқ туманидаги 48-умумтаълим мактабида содир бўлган.

SWS3 — Xitoyning dronlarga qarshi qo‘rqinchli javobi

Хитой дронларга қарши янги зенит-ракета-тўп мажмуасини яратди.

Asirlikda halok bo‘lgan 200 nafar askar: jonlar hisobidagi urush haqiqati

Уруш бошланганидан бери Россия асирлигидаги 200 дан ортиқ украиналик аскар ҳалок бўлди.

AQShning rejasi bor, ammo u hech kimga ma’qul kelmayapti

АҚШнинг Украина масалалари бўйича махсус вакили Кит Келлог Қўшма Штатлар Украинадаги можарони тинч йўл билан ҳал этиш учун 22 банддан иборат режа ишлаб чиққанини маълум қилди.

Toshkent shahrida 800 nafar fuqaro uy olaman deb 200 mlrd so‘mdan ortiq pullaridan ayrildi

Мазкур жиноят иши доирасида 800 нафар фуқаролар жабрланувчи деб топилган бўлиб, умумий 209 млрд. 263 млн. сўм зарар аниқланган.

Liverpulda avtomobil odamlarni bosib ketishi oqibatida 27 kishi jarohatlandi

Маҳаллий ҳокимият расмийларининг хабар беришича, қолган жабрланганларга ҳодиса жойида тиббий ёрдам кўрсатилган.

Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 ichidagi 19 yoshli haydovchisi bilan yonib ketdi

Қутқарув экипажи ҳодиса жойига етиб борган, ёнғин қутқарувчилар ва фуқаролар томонидан ўчирилган.

22 yoshli qizni fohishalik uchun Rossiyaga jo‘natmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Ҳозирда ушбу ҳолат юзасидан “одам савдоси” моддаси бўйича жиноят иши қўзғатилди.

Rossiyaning Voronej shahrida bir talaba xonadoshini gigiyenaga rioyasizligi sababli o‘ldirdi

Навбатдаги жанжалдан сўнг сабр-тоқат косаси тўлган йигит пичоқ олиб, Максимнинг томоғини кесган.

Ukraina Patriot zenit-raketa majmualarining tanqisligini boshdan kechirmoqda — The Washington Post

Мақолада қайд этилишича, 2023 ва 2024 йилларда Patriot тизимлари Россиянинг баллистик ракеталарини тутиб қолишда нисбатан самарали бўлган. Аммо 2025 йил май ойи охиридан бошлаб Украина бундай ракеталарни уриб туширишда қийинчиликларга дуч кела бошлаган.

"Kuch ishlatilmasa, Putin yechim izlamaydi"

Россиянинг Украинада урушни тўхтатиш истагини билдирувчи белгилар йўқ.

Medvedevning rejasi Rossiyaga 50 million askarga tushadi

Таҳлилчиларнинг ҳисоб-китобларига кўра, бу режани амалга ошириш - деярли бутун Украинани босиб олиш учун 91 йил ва Россия аҳолисининг учдан бир қисмигача талаб этилади.

"Haqqoniy va’da"ga tayyormiz – Eron Isroilni ogohlantirdi

"Исроилда жиноятчилар ва аҳмоқлар ҳокимият тепасида тургани сабабли ҳар қандай хато юз бериши мумкин".

Makron: Tramp Putinning unga yolg‘on gapirgani angladi

"АҚШ президенти Доналд Трамп Россия диктатори Владимир Путиннинг тинчликка тайёрлик ҳақидаги сўзлари ёлғон эканини тушуниб етди".

Xitoy janubida kuchli yomg‘ir yog‘di, qurbonlar bor

Метеорологларнинг маълумотларига кўра, 2025 йил бошидан бери энг кучли ёмғир 27-29 май кунлари Хитой жанубида бўлади. Табиий офатлар хавфи ортади.

Rossiya armiyasi Ukrainaga tungi hujumda 350 dan ortiq drondan foydalandi

Маълум қилинишича, Украина ҳаво мудофааси барча 9 та Х-101 ракетасини уриб туширган ҳамда 288 та дронни йўқ қилган.

“Qamchiq"da xandaqqa tushib ketgan yuk mashinasi olib chiqildi

Хабарга асосан, қутқарув отряди айтилган манзилга етиб бориб, махсус техника ва асбоб-анжомлар ёрдамида юк автомашинаси хандақдан олиб чиқилган.

Makron rafiqasidan tarsaki yedi

Франциянинг BFM RMC нашрининг ёзишича, Елисей саройи бу видео ҳақиқий эканини тасдиқлаган.

Sirdaryoda uch kishi quduqdagi gazdan zaharlanib halok bo‘ldi

Яна икки киши ҳушини йўқотган, уларга тиббий ёрдам кўрсатилиб, шифохонага ётқизилган.

Isroil G‘azo sektoriga barcha muntazam harbiy brigadalarini kiritdi

Аввалроқ Исроил расмийлари ХАМАС маҳбуслар масаласида келишувга эришиб, қуролсизлантирилгунига қадар ЦАХАЛ ҳужумларини давом эттиришини билдирган эди.

Isroilning G‘azodagi maktabga hujumida 20 kishi halok bo‘ldi

Сўнгги маэълумотларга кўра, ЦАХАЛ барча оддий пиёда ва зирҳли бригадаларини Ғазога киритган.

Исроилнинг Ғазодаги мактабга ҳужумида 20 киши ҳалок бўлди

Сўнгги маэълумотларга кўра, ЦАХАЛ барча оддий пиёда ва зирҳли бригадаларини Ғазога киритган.

Трамп Украинани иккинчи Афғонистонга айлантирмоқчими?

Бу АҚШ президентининг Украинани қўллаб-қувватлашдан бош тортиши ҳақидаги экспертларнинг фикри.

Газли ичимлик оқибати: эркакдан 35 та тош олиб ташланди!

Кунига уч литргача Coca-Cola ичадиган эркакнинг пешоб қопчасидан 35 дона тош олиб ташланди.

Медведевнинг хаёллари

Медведев Украина харитасини намойиш қилди.

Хитой Россияни қуроллантирмоқда

Украина Ташқи разведка хизмати Россиянинг 20 та заводи ҳақида ишончли маълумотларга эга. 2024-2025 йиллар мобайнида Россия ва Хитой ўртасида авиация соҳасидаги ҳамкорликнинг камида 5 та ҳолати қайд этилган.

Тошкентда кучли шамол оқибатида дарахт босиб қолган одам ҳалок бўлди

Иккинчи фуқарога бош мия жароҳати сабабли жарроҳлик амалиёти ўтказилган, у ҳозирда оғир ҳолатда реанимация бўлимида даволанмоқда.

Россия бутун Украина бўйлаб кенг кўламли комбинацияланган зарбалар берди — ОАВ

Украина Фавқулодда ҳолатлар давлат хизмати маълумотларига кўра, Хмелницкий вилоятида тўрт киши ҳалок бўлгани ва беш киши яралангани ҳақида хабар берилган.

Чилонзорда Nexia-3 ва Lacetti тўқнашди

ЙТҲ натижасида ҳар иккала транспорт воситаси ҳайдовчиси ҳамда Nexia-3 автомашина йўловчисига биринчи ёрдам кўрсатилган.

Фарғонада 49 ёшли аёл ҳам кўкнори билан қўлга тушди

Мазкур ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилган

Таиландда яна бир полиция вертолёти ҳалокатга учради

Расмийларнинг билдиришича, вертолёт ҳалокатга учрагунга қадар уч киши ҳалок бўлган ва бир киши парашютдан сакрашга муваффақ бўлган.

“Бу энг бемаъни гап!” — АҚШ баёнотига Ғазодан жавоб

Фаластинлик таҳлилчи АҚШ элчисининг ҲАМАС ёрдамни ўзлаштирмоқда деган даъвосини рад этди.

“Анъаналаримизни масхара қилишди”: Марубо қабиласи 180 миллион долларлик даъво қўзғади

Амазонка қабиласи уларни "порнога тобе" деб тасвирлаган мақола сабабли New York Times’га қарши суд даъвоси очди.

Лукашенко: "Бизнинг авлоддан кейин эркак қолмайди"

Лукашенко демографик инқироз "эркаклар тугаб қолгани" билан боғлиқлигини таъкидлади.

Кислица Истанбул музокараларининг тафсилотларини маълум қилди

Истанбулда ўтказилган Украина ва Россия делегациялари ўртасидаги музокаралар пайтида тўрт тилда таржима ташкил этилди, бу эса томонларга самарали ахборот алмашиш имкониятини яратди.

Жиноятчи Исроил қамали оқибати: Ғазода болалар туғилмай туриб ҳалок бўлмоқда

Ғазо ҳукуматининг Оммавий ахборот воситалари бошқармаси анклавда озиқ-овқат етишмаслиги туфайли ҳомиладор аёлларда 300 та ҳомила тушиши ҳолатини қайд этди.

Россияликлар Сумига ёриб кирди, шиддатли жанглар давом этмоқда

Қайд этилишича, ҳозирда Россия қўшинлари Беловод ва Локни шаҳарларига босимни давом эттирмоқда, у ерда шиддатли жанглар кетмоқда. Мақсад - "буфер зона" яратиш.

Оқ уй “жанг майдони”га айланди: У ерга бориш — сиёсий тузоқми?

Трампнинг Овал кабинетдаги “қаттиқ танбеҳлари” дунё етакчилари учун янги муаммога айланди

Ғалаба Путин томонидами? АҚШ разведкаси нимани аниқлади?

АҚШ Ҳарбий разведка бошқармасининг (DIA) "2025 йилгача глобал таҳдидларни баҳолаш" йиллик ҳисоботига кўра, Москва Украинага қарши урушда ўз мақсадларига эришишни давом эттирмоқда.

Россия Украинага 250 та дрон ва 14 та “Искандер-М” баллистик ракетаси билан ҳужум қилди

Украина Қуролли кучлари маълумотига кўра, 24 майга ўтар кечаси Россия Украинага 250 та дрон ва 14 та “Искандер-М” баллистик ракетаси билан ҳужум қилган.

Оҳангарон шаҳрида электрон тамаки маҳсулотларининг ноқонуний савдоси фош этилди

Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 186-1-моддаси билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда.