" 22 mingdan xarid qilib, 35 mingga sotayapmiz" Qimmat Equinox hisobiga Spark va Nexia sotuvidagi yo‘qotishlar qoplanadi — «O‘zavtosanoat»

" 22 mingdan xarid qilib, 35 mingga sotayapmiz" Qimmat Equinox hisobiga Spark va Nexia sotuvidagi yo‘qotishlar qoplanadi — «O‘zavtosanoat»

Bu haqda seshanba kuni «O‘zavtosanoat» boshqaruv kengashi raisi o‘rinbosari Azizbek Shukurov ma’lum qildi.

UzAuto Motors marketing bo‘yicha boshqaruv direktori Aleksandr Saxapov kompaniya nimaga Equinox avtomobilini $22,8 mingga xarid qilib, aholiga $33 mingga sotayotganiga  izoh berdi.

«„22 mingdan xarid qilib, 35 mingga sotayapmiz“ — bu boshqa mamlakatdan sotib olish narxi. Unda hali yetkazib berish, transport va avtomobilni tayyorlash harajatlari ko‘rsatilmagan. Yakunda O‘zbekistonda Equinox modelining Redline to‘plami 33158 dollarda narxlanmoqda», — dedi u.

Bunga Azizbek Shukurov qimmatbaho avtomobillarning hisobiga anzonlashtirilgan mashinalardan kelayotgan yo‘qotishlar qoplanayotganini qo‘shimcha qildi. Uning aytishicha, kompaniya 2020 yilda Spark va Nexia`dan 550 mlrd so‘m yo‘qotgan. Equinox, Malibu, Traverse va Tahoe moshinalaridan esa 500 mlrd so‘m foyda ko‘rgan.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!