+211. Yurtimizning 10 ta hududida koronavirus qayd etildi

+211. Yurtimizning 10 ta hududida koronavirus qayd etildi

2020 yil 16 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 48 776 (+211) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 92 nafari Namangan viloyatida, 62 nafari Toshkent shahrida, 14 nafari Buxoro viloyatida, 10 nafari Qashqadaryo viloyatida, 9 nafari Samarqand viloyatida, 8 nafari Sirdaryo viloyatida, 7 nafari Surxondaryo viloyatida, 4 nafari Toshkent viloyatida, 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 2 nafari Navoiy viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Sergeli tumanida yashagan 61 yoshli X.M. (erkak) hamda Yunusobod tumanida yashagan 69 yoshli SH.SH. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 45 058 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (92 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 313 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda, deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!