21 noyabr kuni ayrim hududlarda harorat 28 darajagacha ko‘tariladi

«O‘zgidromet» 21 noyabr, seshanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+12 daraja, kunduzi +24...+26 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 21-23 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +18...+23 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 21-23 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +22...+27 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 21-23 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +22...+27 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 21-23 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +13...+18 daraja bo‘ladi.