2030 yilga kelib, O‘zbekistonda OITS kasalligi yuqishiga to‘liq barham berish maqsad qilingan

2030 yilga kelib, O‘zbekistonda OITS kasalligi yuqishiga to‘liq barham berish maqsad qilingan

Bu haqda AOKAda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, Respublika OITSga qarshi kurash markazi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

🩺 Hozir yurtimizda 48 mingdan ortiq shaxsga OIV kasalligi tashxisi qo‘yilgan.

📈 So‘nggi 5 yilda OIV infeksiyasiga tekshiruvlar soni 700 mingdan 3,5 millionga yoki 5 barobarga ortdi. Hukumatimiz tomonidan dori vositalarini moliyalashtirish 80 foizni tashkil etdi.

🍼 Respublikamizda OIV infeksiyasining onadan bolaga yuqishiga barham berish uchun har yili bemor onalardan dunyoga kelayotgan (o‘rtacha 600 nafargacha) bolalar quruq sut aralashmalari bilan uzuluksiz ta’minlanmoqda. Natijada 99,7 foiz bolalar sog‘lom bo‘lishiga erishilyapti.

📌 2030 yilga borib, OIV epidemiyasiga barham berish uchun 2025 yilga qadar “95-95-95” strategiyasiga erishish zarur.

🔎 “95-95-95” tamoyiliga ko‘ra, OIV yuqtirgan bemorlarning 95 foizi o‘z statusini bilishi, 95 foizi maxsus terapiya bilan qamrab olinishi, 95 foizida virus yuklamasining past darajaga tushishiga 2025 yilgacha erishish va 2030 yilda OITS kasalligi yuqishiga barham berish maqsad qilib olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!