2025 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari muzliklari xaritasi yaratiladi - UNESCO

2025 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari muzliklari xaritasi yaratiladi - UNESCO

UNESCO Bosh direktori Odre Azule Astana xalqaro forumida nutq so‘zladi.

«Suv resurslari va transchegaraviy suv muammosini hal etishda hamkorlik zarur. Keling, UNESCO Markaziy Osiyo davlatlari bilan birgalikda ushbu muammoni hal qilish uchun qanday ishlar olib borayotgani haqida gapiraylik. 2021 yildan boshlab biz ilm-fan orqali chuqurroq tushuncha berish va muzliklarning erishi tufayli tog‘ ko‘llarining toshib ketishiga tayyorgarlik ko‘rish ustida ishlayapmiz», – dedi Odre Azule Qozog‘iston poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan Astana xalqaro forumida.

UNESCO rahbarining ta’kidlashicha, mazkur qo‘shma ish suv resurslari masalasini optimallashtirishga qaratilgan muhim ilmiy hamkorlikdir.

«Buyuk shoir Abayning 38-Donolik so‘zidan iqtibos keltirmoqchiman: «Jaholat – ilmning yo‘qligidandir, ularsiz dunyoda hech narsani bilib bo‘lmaydi». Ya’ni, biz hamkorlikni ilm-fandan boshlashimiz kerak. 2025 yilgacha Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston va Qozog‘istondagi muzliklar va muz osti ko‘llarining xaritasini yaratmoqchimiz», – dedi forumning faxriy mehmoni.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!