2024 yilda o‘tkazilgan III-Toshkent Xalqaro investisiya forumi global muloqot va yirik investorlar maydoni bo‘ldi

2024 yilda o‘tkazilgan III-Toshkent Xalqaro investisiya forumi global muloqot va yirik investorlar maydoni bo‘ldi

2024 yilning 2-3 may kunlari O‘zbekistonda III-Xalqaro investisiya forumi bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu 93 mamlakatdan 2,5 mingdan ortiq delegatni jamlagan forum global muloqot va investisiyaviy sohadagi ilg‘or tajriba almashish maydoniga aylandi.

Tadbirning eng muhim voqealaridan biri O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasining Bosh vazirlari ishtirokida mintaqaviy energetika loyihalarining (Qambarota GES-1 va Yovon GESini qurish) xorijiy investorlarga taqdimoti bo‘ldi.

Forumni 30 ta mamlakatdan 110 dan ortiq xorijiy ommaviy axborot vositalari, jumladan dunyoning yetakchi nashrlari “CNN”, “Euronews”, “London Post” va “Accociated Press” tomonidan yoritildi.

Forum yakuniga ko‘ra jami qiymati $26,6 mlrd.ga teng kelishuvlar imzolandi. Ma’lumot uchun: 2023 y. TXIFDA $11 mlrd. 167 ta hujjat imzolangandi.

Xususan quyidagi yirik investisiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi:

— “Data Volt” kompaniyasi (Saudiya Arabistoni) bilan hamkorlikda “Yangi Toshkent”da shahar infratuzilmasini qurish ($1 mlrd.) va yashil texnologiyalarga asoslangan “ma’lumotlar markazlarini” qurish ($3 mlrd.);

— “Acwa Power” kompaniyasi (Saudiya Arabistoni) bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida quvvati 5 GVT shamol elektr stansiyasini hamda quvvati 2 GVT bo‘lgan elektr energiyasini saqlash qurilmalarini qurish ($6,2 mlrd.);

— “Amea Power” kompaniyasi (BAA) bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida quvvati 1000 MVT bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish ($1,1 mlrd.);

— “Saudi Tabrid” kompaniyasi bilan Nukus, Farg‘ona va Quvasoy shaharlarida issiqlik tizimini modernizatsiya qilish ($750 mln.);

— “Nil Shugar” kompaniyasi (Misr) bilan Jizzax viloyatida qand lavlagi yetishtirish va shakar ishlab chiqarish ($500 mln.);

— “Shaynxay Knud Interneshnl” kompaniyasi (Xitoy) bilan Namangan viloyatida tekstil va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish ($205 mln.);

- “Vilmar Interneshnl” kompaniyasi (Singapur) bilan Toshkent viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari va chorva uchun ozuqa ishlab chiqarish ($200 mln.).

Bundan tashqari, forumda dunyoning bir qator yirik kompaniyalari hisoblangan “Oraskom Investment” (Misr), “Bonafarm Grup” (Vengriya), “Sayar” (AQSh), “Goldvind”, “Sinoma” (Xitoy), “Sam Yapi” (Turkiya), “Pasha Development” (Ozarbayjon) “Laselsberger” (Avstriya), “Petrosat Chexelsoton” (Eron) kabi kompaniyalar bilan qiymati $6,6 mlrd. teng yangi investisiya loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Tadbirda iqtisodiy rivojlanishning eng muhim jihatlari muhokama qilingan panel sessiyalar, muhokamalar, biznes nonushta va davra suhbatlari kabi boy dasturdan iborat bo‘ldi. Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashda davlat, investorlar va tadbirkorlarning roli markaziy mavzulardan biriga aylandi.

Sessiyada korrupsiyaga qarshi kurash siyosati bo‘yicha yetakchi ekspertlar so‘zga chiqdi. “Iqtisodiyotda korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi samarali kurashish sarmoyaviy muhitni yaxshilash uchun zarur, – deya xavfsiz va shaffof ishbilarmonlik muhitini yaratish muhimligini ta’kidladilar so‘zga chiqqanlar.

– Korrupsiyaga qarshi samarali kurash kompleks yondashuvni, jumladan, qonunchilikni mustahkamlash va davlat harakatlarining shaffofligini oshirishni talab qiladi, – dedi O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov.

Riteyl bo‘yicha sessiyada savdoning asosiy muammolari va imkoniyatlari, jumladan, soliq qonunchiligini takomillashtirish va import tartib-qoidalarini soddalashtirish belgilab berildi. “Yangi brendlarni bozorga muvaffaqiyatli moslashtirish uchun shart-sharoit yaratish zarur”, - deya ma’qullashdi ishtirokchilar.

— Bojxona to‘lovlarini pasaytirish to‘g‘risidagi rezolyutsiya tufayli biz Buyuk Britaniya va Qozog‘istondagi kabi adolatli narxlarni o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldik, – deydi «Tashkent City Mall» savdo va marketing direktori Ilya Lyapustin.

An’anaga aylangan mazkur Toshkent III Xalqaro investisiya forumida rejalashtirilgan tashabbuslar va imzolangan kelishuvlar barqaror rivojlanish va investisiyalarni jalb etish yo‘lida faol ish olib borishni hozirga qadar isbotini topmoqda. O‘zbekiston xalqaro maydondagi strategik hamkor sifatidagi rolini yana bir bor tasdiqlab, jahon sarmoyadorlari e’tiborini o‘ziga qaratib, mintaqa iqtisodiy o‘sishiga hissa qo‘shmoqda. Shuningdek, mamlakatimiz joriy yilning iyun oyida Toshkent VI Xalqaro investisiya forumini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Ayollar tadbirkorligiga bag‘ishlangan biznes nonushta tadbirkor ayollarning jamiyatga ta’siri katta ekanligini ta’kidladi. Ma’ruzachilar daromadlilik va ijtimoiy mas’uliyat o‘rtasidagi muvozanatga erishish uchun ilhomlantiruvchi misollar va strategiyalarni taqdim etdilar.

Xorijiy investisiyalarni yashash uchun ruxsat olish dasturlari orqali jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. – So‘nggi bir necha yil ichida O‘zbekiston hamkorlikka ochiqligi va ko‘chmas mulk istiqbollari tufayli o‘zini jahon investorlari uchun jozibador yo‘nalish sifatida ko‘rsatdi, – deydi Henley&Partners kompaniyasi vakili Akram Muxamatqulov. “Ta’minot zanjirlari va barqarorlik: noaniqlik davrida muvozanatni topish” mavzusidagi davra suhbatida ishtirokchilar global ta’minot zanjirlarining barqarorligi uchun muammolar va strategiyalarni muhokama qildilar. “Turkiya va O‘zbekiston strategik hamkorlikka ega va birgalikda hamkorlikni sezilarli darajada mustahkamlashimiz mumkin, – dedi Turkiya savdo vaziri o‘rinbosari Sezay Ucharmak.

Shuningdek, forum davomida raqamli texnologiyalarni investisiya strategiyalariga integrasiya qilish muhimligi ta’kidlandi. «Raqamlashtirish kelajak emas, bu hozirgi zamon va u investisiya jarayonlarini tezlashtirish va ularning shaffofligini oshirishda asosiy rol o‘ynaydi», deb ta’kidladi fintex ekspertlari.

«IT-PARK Uzbekistan: yangi rivojlanish istiqbollari» mavzusidagi pitch-sessiyada O‘zbekistonni 2030 yilgacha mintaqaviy axborot texnologiyalari markaziga aylantirish rejalari taqdim etildi.

O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov so‘nggi investisiyalarning ahamiyati bilan o‘rtoqlashdi: “Kecha biz muhim voqea – yirik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiya loyihasi bo‘lgan Data Volt’dan 5 milliard dollarlik yashil ma’lumotlar markazi qurilishi boshlanganiga guvoh bo‘ldik. Biz IT-kompaniyalar uchun qulay muhit yaratmoqdamiz va O‘zbekistonda ofislarni ochish va boshqarish bilan bog‘liq barcha xavflarni qoplash uchun “Nol risk” dasturini ishga tushirmoqdamiz”.

“Aloqalar: Buyuk Ipak yo‘lining tiklanishi” mavzusidagi davra suhbatida xalqaro ekspertlar va davlat idoralari vakillari Ipak yo‘lining qadimiy yo‘nalishlari bo‘ylab aloqalarni, iqtisodiy hamkorlikni va madaniy almashinuvni kengaytirish imkoniyatlarini o‘rgandilar.

“Integrasiyalashgan shaharsozlik: sifatli investisiyalar, atrof-muhit va odamlar uchun qulaylik” mavzusidagi davra suhbatida yetakchi urbanistlar, me’morlar va ishbilarmon doiralar vakillari Toshkent shahrini rivojlantirishga yondashuvlarni muhokama qildi. Xususan, BCG boshqaruvchi direktori va katta hamkori Vladislav Butenko barqaror shahar rivojlanishiga erishish uchun innovasion yechimlarni shaharsozlikga integrasiya qilish muhimligini ta’kidladi. U kompleks rejalashtirishda ham iqtisodiy, ham ijtimoiy jihatlarni hisobga olish, ular o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash zarurligini ta’kidladi.

Forum turli vazirliklar va viloyatlar uchun investisiyalarni jalb etishda muhim ahamiyat kasb etdi. Imzolangan kelishuvlar sanoat, energetika, farmasevtika va avtomobilsozlik kabi muhim tarmoqlarni rivojlantirishdan darak beradi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi, Energetika vazirligi va Data Volt axborot texnologiyalari kompaniyasi o‘rtasida «yashil» texnologiyalarga asoslangan data-markazni qurish bo‘yicha kelishuv forumning asosiy yutuqlaridan biri bo‘ldi. Mutaxassislar bunday loyihalarning O‘zbekiston uchun muhimligini ta’kidladilar. Imzolash marosimida investisiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va Data Volt direktori Rajit Nanda ishtirok etdi.

Shuningdek, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va «Al Bawani Capital» kompaniyasi o‘rtasida Sirdaryo-Baxt halqa avtomobil yo‘lini qurish va Toshkent-Samarqand yo‘lini rekonstruksiya qilish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Imzolangan kelishuvlar bugungi kunda investisiya tashabbuslari uchun asos bo‘lmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Jahon IQ reytingi: eng aqlli insonlar qaysi davlatlarda yashaydi? O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Дунё мамлакатларининг ўртача IQ даражаси янгиланди.

Alisher Qodirov Qonunga qarshi ovoz bergan hamkasblariga murojaat qildi: “Iste’molchining 3 tadan 2 tasi yoshlar. Yarmi qizlar”

Буни ҳозир тўхтатмасак, 20 йилдан кейин ҳеч қандай қонун ёки давлат дастури сезиларли кўп интелектуал заиф қатламга ёрдам бера олмайди.

«Manchester Siti» Abduqodir Husanov uchun «Lans»ga qancha pul taklif etayotgani ma’lum bo‘ldi

«Манчестер Сити» клуби 20 ёшли ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиш учун 20 миллион фунт стерлинг тўлашга тайёр.

Rossiyada o‘lganlar soni rekordmi?

Урушда ва айниқса 2024 йилда қанча рус аскари ҳалок бўлганидан қатъи назар, экспертлар бир овоздан Россия учун қурбонлар сони рекорд даражада - Иккинчи Жаҳон Урушидан бери энг юқори кўрсаткич деган хулосага келишди.

Yana bir yirik davlat BRIKS a’zosiga aylandi

Бразилия Ташқи ишлар вазирлиги Индонезия 6 январ куни БРИКСга тўлақонли аъзо бўлганини маълум қилди.

Marca nashrida Abduqodir Husanov haqida maqola chop etildi

Мақолада ҳамюртимиз Франция чемпионатининг асосий кашфиётларидан бири сифатида эътироф этилган.

Menga qancha pensiya chiqar ekan? yoki bo‘lajak pensionerlarga tavsiyalar

Барчамиз пенсия ёшига яқинлашиб қоламиз ва энди пенсия ҳақида ўйлашни бошлаймиз. “Энди менга қанча пенсия чиқар экан?”, “Юқори миқдорда пенсия олармикинман?” каби саволлар бизни қамраб олади.

"An-Nasr" Ronaldu borasida yakuniy qarorga keldi

Саудия Арабистонининг "Ан-Наср" клуби ҳужумчи Криштиану Роналдунинг келажаги борасида бир қарорга келди.

«Real», «Yuventus», «Bayer», «Borussiya» Husanovga qiziqmoqda. «Man Siti» esa futbolchining otasi Hikmat Hoshimov bilan uchrashdi

Бу ҳақда FootMercato хабар берди.

Gulnora Karimova manzil koloniyaga o‘tkazildi

Каримова шу пайтгача ушбу тумандаги 21-аёллар қамоқхонасида жазо муддатини ўтаб келаётган эди.

Qattiq sovuq qachon chekinishi ma’lum qilindi

Ёғиб ўтган қордан сўнг Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қор қоплами ҳосил бўлди. Бугун эрталаб ҳаво ҳарорати 8-13 даража совуққача, айрим жойларда 15 даража совуққача, энг чекка жанубда 4-6 даража совуққача пасайди.

O‘zbekistonga yana qorli sovuq havo kirib kelmoqda

20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.

Qodirov O‘zbekiston rahbariyatini "uyg‘onish qo‘ng‘irog‘i"dan ogohlantirdi

Чеченистон раҳбари Рамзан Қодиров Ўзбекистон раҳбариятини Ғарб оммавий ахборот воситалари кўмагидаги “уйғониш қўнғироғи” ҳақида огоҳлантирди.

Uchinchi jahon urushi aynan qayerda boshlanishi aytildi

Кремл бир неча бор рус диаспорасини ҳимоя қилиш баҳонасида ҳарбий ҳаракатларни бошлаган. Грузия, Молдова ва Украинада шундай бўлган.

Propan narxi tushishda davom etmoqda, benzin esa....

Эътиборли жиҳати шундаки, пропан нархининг кетма-кет бундай арзонлашиб бориши яқин орада кузатилмаган.

Daniya Grenlandiyaning mustaqilligiga ruxsat berdi

Бу ҳақда Реутерс хабар бермоқда .

Yulduz Usmonova falastinlik bolalar va ayollarga 4 ta uy sovg‘a qildi

Ўзбекистон халқ артисти Юлдуз Усмонова Ўзбекистон президенти Шавкат Мирзиёевнинг урушдан жабр кўрган 100 нафар фаластинлик болалар ва аёлларни эвакуация қилганидан таъсирланиб 3 кун йиғлаганини ва президент ёрдамчиси Саида Мирзиёева билан гаплашганини айтди.

Pentagon Rossiyaning Ukrainada taslim bo‘lishni istamasligini e’lon qildi

Бу ҳақда Пентагоннинг юқори мартабали вакили брифингда маълум қилди , дея хабар беради “РИА Новости” .

Eron poytaxtini ko‘chirmoqchi

Манбаларга кўра, Теҳроннинг пойтахт сифатида бошқа йўл билан ҳал қилиб бўлмайдиган муаммолари бор.

Rossiya razvedkasi Afg‘onistonda amerikalik askarlarga qarshi har bir terroristik hujum uchun “Tolibon”ga 200 ming dollar to‘lagan

"Толибон”га пул собиқ контрабандачи Раҳматулла Азизий бошчилигидаги курерлар орқали етказилган.

JSST Xitoyda metapnevmovirus tarqalishi bilan bog‘liq holat yuzasidan izoh berdi

Унда қайд этилишича, Хитой шифохоналари беморлар билан тўлгани ҳақидаги хабарлар асоссиз. Буни мамлакат расмийлари ҳам тасдиқлади.

Бу ҳақда Американинг ЖПМорган Часе банки маълум қилди, дея хабар беради “ТАСС”.

Бу ҳақда ҳукуматнинг эълон қилинган баёнотида айтилади .

Tramp jamoasi “qudratli ko‘rinishga bo‘lgan ishtiyoq bilan band”

Доналд Трамп маъмурияти ўз ҳаракатлари Жо Байден даврида АҚШ қўшинларининг Афғонистондан олиб чиқиб кетилиши билан таққосланиши мумкинлигидан хавотирда.

G‘azo shifoxonalari bemorlarni ularning holatiga qarab "saralashga" majbur bo‘lmoqda — Tibbiyot xodimi

Хон-Юнусдаги Носир тиббиёт мажмуасининг тиббиёт ходими Раед Ҳания, Исроилнинг Ғазога давом этаётган ҳужумлари шароитида Ғазодаги тиббий гуруҳлар оғир танловларга дуч келаётганини айтди.

Meksika prezidenti Trampning Meksika ko‘rfazi nomini “Amerika ko‘rfazi” deb o‘zgartirish taklifiga javob berdi

Клаудия Шейнбаум брифингда 1607 йилга оид харитани намойиш этди, унда Шимолий Американинг катта қисми "Мексика Америкаси" деб ёзилган.

Doktor Bushra Usmon: Bemorlarimiz hayotdan ko‘z yummoqda

Ёқилғи танқислиги ва Исроил ҳужумлари Ғазо соғлиқни сақлаш тизимини издан чиқармоқда.

Kaliforniya yong‘inlari: Bayden oxirgi rasmiy chet el safarini bekor qildi

Лос-Анжелесда ёнғин авж олгани сабабли президент Жо Байден Италияга сафарини бекор қилди.

Baydenning uyi yonib ketdi

Нашрнинг эксклюзив маълумотларига кўра, "уч ётоқхона ва учта ҳаммомдан иборат, Тинч океанига манзарали кўринишга эга 1950-йиллардаги ҳашаматли ҳовлидан" фақат иккита мўри қолган.

Ukraina Rossiya harbiy-havo kuchlarining neft omboriga zarba berdi

Украина Россиянинг Энгелс шаҳридаги ҳарбий аеродромни таъминловчи нефт омборига ҳужум қилди. Ёнғинни ўчиришда икки нафар россиялик ўт ўчирувчи ҳалок бўлди.

Chad poytaxti Njamena shahridagi prezident saroyiga qurolli jangarilar tomonidan hujum uyushtirildi

Агентлик мухбирларининг хабар беришича, президент қароргоҳига олиб борувчи йўллар тўсилган, кўчаларда танклар пайдо бўлган.

Rossiya Zaporojega zarba berdi. Qurbonlar bor

9 январ куни Запороже вилоятида мотам куни деб эълон қилинди.

Chaddagi prezident saroyiga qurollangan shaxslar hujum qilishdi

Бу ҳақда АФП мамлакат хавфсизлик хизматига таяниб хабар берди.

Microsoft xodimlarini ommaviy ravishda ishdan bo‘shatishda davom etadi

Microsoft, биринчи навбатда, кам ишлаётган ва кам ишлайдиган ходимларга таъсир қиладиган ходимларнинг қисқаришини тасдиқлади. Ишдан бўшатилганларнинг аниқ сони ҳозирча ошкор этилмаган.

AQSh Ukrainaga "juda muhim" harbiy yordam paketini va’da qildi

АҚШ Украинага "жуда муҳим" ҳарбий ёрдам пакетини эълон қилмоқчи . Бу ҳақда Пентагоннинг юқори мартабали вакили маълум қилди , дея хабар беради РИА Новости .

Tramp Netanyahu "itning bolasi" deb atalgan videoni e’lon qildi

Колумбия университети профессори Жеффри Сакс Нетаняҳуни Сурия ва Ироқдаги уруш учун жавобгарликда, шунингдек, АҚШни Эрон билан тўқнашувга ундашда айблаган.

Fil quturdi va olomonga tashlandi

Ҳиндистоннинг Керала штатида бўлиб ўтган фестивалда 17 киши жароҳатланган. Бу қутурган фил туфайли содир бўлди.

Isroilning zarbalari kuchaygani sari G‘azo bo‘ylab "halokatli" vaziyat yuzaga kelmoqda

Охирги ҳужумлардан бири Ғазо шаҳридаги марказий кўнгилочар боғлардан бирига яқин бир гуруҳ тинч аҳолини нишонга олиб, камида беш кишини ўлдирган.

Isroil tong sahardan beri G‘azoda o‘nlab falastinliklarni o‘ldirdi

Исроилнинг Ғазодаги геноциди туфайли 2023-йил 7-октябрдан бери камида 45 936 фаластинлик ҳалок бўлди.

Rossiya-Ukraina urushida o‘limlar sonini tekshirish nima uchun qiyin?

Россия-Украина урушида қурбон бўлган аскарларнинг сонини аниқлаш қийин, чунки экспертлар буни "ҳикоялар уруши" деб аташади. Аниқ нарса шуки, Россия Иккинчи Жаҳон Урушидан бери ҳар қандай урушдан кўра кўпроқ аскарларини йўқотди.