Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida avtotransport vositalari harakatini yanada tartibli tashkil etish hamda nazorat tartibotlarini soddalashtirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, 2024 yil 1 yanvardan boshlab respublikaga kirib kelayotgan va tranzit harakatlanayotgan avtotransport vositalarini davlat nazoratidan o‘tkazishda, chegara o‘tkazish punktlarida undirilishi belgilangan yig‘imlarni bojxona hududida to‘lash tizimi yaratiladi. (Chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘im hamda bojxona hamrohligida kuzatib borish uchun bojxona yig‘imi bundan mustasno).
Yig‘imlar avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktini kesib o‘tganligi tasdiqlangan kundan boshlab quyidagi muddatlar ichida to‘lanishi lozim:
bojxona nazoratidagi tovarlar yuklangan avtotransport vositalari uchun - bojxona organlari tomonidan belgilangan yetkazib berish muddati doirasida;
qolgan barcha holatlarda 10 kalendar kun davomida.
Yig‘imlar ular hisoblangan kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi va (yoki) ushbu kundagi bazaviy hisoblash miqdori bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida to‘lanadi.
Yig‘imlarni to‘lash muddatlari buzilgan taqdirda, ularni to‘lash bo‘yicha majburiyat bajarilmagan har bir kechiktirilgan kun uchun penyalar to‘lanmagan yig‘imlar summasidan kelib chiqib foizlarda belgilanadi. Penyaning foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining shu davrda amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasining uch yuzdan biriga teng etib qabul qilinadi.
To‘lanmagan yig‘imlari hamda ularga hisoblangan penyalari mavjud avtotransport vositalarining respublika hududidan olib chiqilishi va harakatlanishi taqiqlanadi.
Yig‘imlarni to‘lash muddatini bir kalendar yil davomida bir marotaba buzgan shaxslarga yig‘imlarni bojxona hududida (chegara bojxona postlaridan tashqari) to‘lash imkoniyati taqdim etilmaydi.
Yig‘imlar bo‘yicha qarzdorligi mavjud avtotransport vositalari respublika hududidan olib chiqilayotganda, qarzdorlik summalari to‘liq undirib olingandan so‘ng chiqarib yuboriladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Агар бугун сионистик режим ўз адашуви туфайли аҳмоқлик қилиб тажовуз қилишга журъат этса, шубҳасиз, ўзининг заиф ва кичик ҳудудига қақшатқич ва қатъий жавоб олади".
Истанбулда Украина билан ўтказилган музокарада Россия ўзининг асосий талабларини маълум қилди. Бу ҳақда Россия делегацияси вакили Владимир Мединский маълум қилди, деб хабар беради Clash Report.
Украина Қуролли кучлари маълумотига кўра, 24 майга ўтар кечаси Россия Украинага 250 та дрон ва 14 та “Искандер-М” баллистик ракетаси билан ҳужум қилган.
Унга биринчи ёрдам кўрсатилиб, вақтинча сақлаш учун вилоят кинология марказига олиб келинган ҳамда алоҳида парваришга олиниб, тиббий кўрикдан ўтказилган.
Таъкидлаш лозимки, гуруҳ етакчиси ва аъзоларининг 4 нафари муқаддам содир этган жиноятлари учун умрининг маълум бир қисмини панжара ортида ўтказган бўлсаларда, ўз хатоларидан тўғри хулоса чиқаришмаган.
Япониянинг Киото шаҳридаги ATR “Computational Neuroscience” лабораторияси томонидан инсон онгининг сирли олами — тушларни ёзиб олиш ва уларни қайта тиклаш бўйича илғор технология ишлаб чиқилди.
Марказ Марказий Осиё минтақасида илмий тадқиқотлар, мутахассисларни тайёрлаш, технологиялар ва тажриба алмашиш, шунингдек, «ёшил» ва барқарор ривожланишни тарғиб қилиш учун платформа бўлади.