2023 yilda Oliy sudga umumiy mazmundagi murojaatlar kelib tushishi 15,8 foizga kamaygan

2023 yilda Oliy sudga umumiy mazmundagi murojaatlar kelib tushishi 15,8 foizga kamaygan

2023 yilda Oliy sudga umumiy mazmundagi murojaatlar kelib tushishi 15,8 foizga kamaygan, kassasiya hamda takroriy kassasiya tartibidagi murojaatlar esa 3,5 foizga oshgan.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, keyingi yillarda sudlarga murojaatlar soni sezilarli darajada kamaygan. Jumladan, 2023 yilda sudlarga 138 ming 821 ta murojaat kelib tushgan.

Shundan Oliy sudga 52 287 ta, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali 66 840 ta, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarga 17 17 ta, ma’muriy sudlarga 2 235 ta, respublika harbiy sudlariga 442 ta murojaat kelib tushgan.

Oliy sudga kelib tushgan murojaatlarning
20 607 tasi (39,4%) umumiy mazmundagi, 31680 tasi (60,6%) kassasiya hamda takroriy kassasiya tartibidagi shikoyatlarni tashkil qilgan.

Ish bo‘yicha shikoyat berishga vakolati bo‘lmagan fuqarolar, ya’ni taraflarning qarindoshlari yuqori idoralarga murojaat yo‘llash holati kuzatilmoqda.

Oliy sudga 2023 yil mobaynida ayni shunday yuqori idoralardan jami 6 292 ta murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning 673 tasi boshqa idoralarga, 1 329 tasi quyi sudlarga yuborilgan va 3 482 tasi bo‘yicha sudga murojaat qilish talabi tushuntirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!